Muqaddam chovushiya- chovushlar boshliqlari shunday deb
atalgan.
Chovush-qo’shin choparlari bo’lgan.
Haras-shohlarning
shaxsiy
muhofaza
qo’shini,
ular
mamluklardan tuzilgan bo’lgan. Bevosita ular shohga bo’ysungan
edilar.
Mamluk- qul askar.
Aqza’ al-quzot-adliya tashkilotining boshida turgan. U
poytaxtning eng katta qozisi bo’lishi bilan bir qatorda davlatning butun
sud ishlarini ham boshqargan. Bu maqomning egasi mamlakatdagi
barcha qozilarni ishga tayinlagan yoki bo’shatgan, ular tomonidan
chiqarilgan va e’tirozga uchragan hukmlarni qayta ko’rgan.
Qoziy hasham (qo’shin qozisi yoki qozi al-asokir)-
Xorazmshohlar armiyasida bosh diniy hakam. Xorazmshohlar
qo’shinida ham saljuqiylardagi singari qo’shin qozisi bo’lgan. Ular
qo’shin ichidagi diniy-huquqiy ziddiyatlarga barham berganlar.