94
boshlaydi. Mo’g’ullar saltanati kuchining o’zagini esa Chingizxon
yurgizgan qattiqqo’l va huquqiy jihatdan asoslangan markazlashgan
siyosat tashkil etadi. Diniy va ijtimoiy faoliyatning barcha sohalarini
o’z ichiga olgan bu huquqiy siyosat 1206-yildagi qurultoyda qabul
qilingan “Yaso”
1
qonunida har taraflama asoslab bеrilgan edi. Bu
qonun shaxsan Chingizxonning tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va
qabul qilingan. Chingizxonning aytishicha, unga qadar o’g’rilik,
vahshiylik, talonchiliklar, tartibsizliklar, xiyonat va jirkanch illatlar
oddiy bir hol bo’lgan. Farzandlar ota-onalariga itoat etmas, yoshlar
kattalarga quloq solmas, erlar o’z xotinlariga ishonmas, xotinlar
erlariga bo’ysunmas, boylar kambag’allarga yordam bеrmas edi.
Chingizxon qalbida bu ishlardan nafratlanadi, o’zi bosh bo’lgan
mamlakatda qattiq tartib-intizom o’rnatishni maqsad qiladi. Shu
boisdan ham «Yaso» qonunida bunday tartib-intizomning huquqiy
qoidalari ishlab chiqilgan. Bu qoidalar nimalardan iborat.
Birinchidan, har bir yangi saylangan xon birinchi navbatda o’zi
«Yaso»ga qat'iy rioya qilish to’g’risida qasam ichishi lozim bo’lgan.
Xalqda «Yaso»ga xiyonat qilgan xonni taxtdan ag’darish va uni
umrbod qamoq jazosiga solish huquqi bеriladi.
Ikkinchidan, Osmon va Yerni yaratuvchi, hayot va o’lim, boylik
va kambag’allik bеruvchi ibodatlarimizni qabul qiladigan yoki
qilmaydigan yagona Xudoni tan olish.
Uchinchidan, Islom dini boshliqlari qalandarlar, qorilar,
darvеshlar, so’filar, yuvg’ichlar, zohidlar, gadolar, qozilar, tabiblar
soliq to’lash, og’ir ishlardan va jamoat ishlaridan ozod qilinadilar.
Dostları ilə paylaş: