Talabaning ma’ruza va amaliy mashg’ulotlardagi faolligi va o’zlashtirish darajasi, daftarlarning yuritilishi va holati
21
0-40
0-30
2.
Mustaqil ta’lim topshiriqlarining o’z vaqtida va sifatli bajarilishi (keys-stadilar, esse, referat, taqdimot va boshqa turdagi mustaqil ta’lim topshiriqlari)
II. Oraliq nazorat
30
1.
60 soat ma’ruza mashg’uloti o’tilgandan keyin jadval asosida oraliq nazoratlar yozma ravishda qabul qilinadi.
Bunda quyidagi mezonga asoslaniladi: a)Mavzu bo‘yicha xulosa va qarorlar qabul qilish, a’lo darajada bo’lsa, o‘tilgan mavzu bo‘yicha fikrlash yaxshi shakllantirilgan bo’lsa, berilgan asarning shaklini to‘g`ri aniqlansa talaba a’lo baholanadi. b)Mavzu yuzasidan mustaqil, keng tushunchaga ega, mavzuning mohiyati, foydali tomonlari haqida keng fikrlay oladi, berilgan topshiriqda ayrim xatolarga yo‘l qo‘yilganda yaxshi baholanadi. v)Mavzu bo‘yicha mazmun va mohiyati to‘liq o‘rganilgan, tushuncha mavjud, javob berish qoniqarli, berilgan topshiriqda 4-5 ta xatoga yo‘l qo‘ysa qoniqarli baholanadi. g)Mavzu yuzasidan to‘liq tasavvurga ega bo‘lmaslik, o‘tilgan mavzular asosida fortepianoda chala olmaslik, talaba mavzuni o‘zlashtirolmagan, berilgan topshiriqni yecha olmagan talaba qoniqarsiz baholanadi.
17
III. Yakuniy nazorat
30 ball
Semestrning oxirgi ikki haftasida
Jami:
100 ball
a) 86-100 ball olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: - mavzu bo’yicha xulosa va qarorlar qabul qilish, a`lo darajada;
- o’tilgan asar bo’yicha ijodiy fikrlash yaxshi shakllantirilgan. Asar mualliflari: bastakor, shoir va ijrochilar tarkibi haqida tushunchaga ega bo’lingan;
- qo’shiq ijrosida mustaqil nola va bezaklarni maxorat bilan ishlatish ko’nikmalarini egallagan;
- o’rgatilgan asarni mustaqil kuylay olish malakalari egallangan;
- mavzu va asar bo’yicha mazmun va mohiyati to’liq o’rganilgan, tushuncha mavjud;
- nazariy va amaliy bilimlarni bilishi, javob berishi yaxshi yo’lga qo’yilgan;
- mavzu yuzasidan talaba to’liq tasavvurga ega, javob berishi a`lo.
b) 71-85 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- mavzu yuzasidan mustaqil, keng tushunchaga ega. Asarning axamiyati, ijobiy xususiyatlari, ijrochilar tarkibi haqida mushoxada yurita oladi;
- o’rgangan qo’shiqlarni mustaqil amalda ijro eta oladi;
- mavzu va asarning moxiyati, foydali tomonlari haqida keng fikrlay oladi;
- o’rganilgan asarlar haqida boy bilimlarga ega asarni mustaqil kuylab bera oladi;
- o’rgangan asarlar yuzasidan talaba to’liq tasavvurga ega ko’nikma va malakalar yaxshi egallangan.
v) 55-70 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- mavzu va asar bo’yicha mazmun va mohiyati to’liq o’rganilgan, tushuncha mavjud;
- nazariy va amaliy bilimlarni bilishi, javob berishi yaxshi yo’lga qo’yilgan;
- mavzu yuzasidan talaba to’liq tasavvurga ega, javob berishi yaxshi.