2.2. G’azallarda qo’llangan badiiy san’atlar Mashrab yuqorida tanishib chiqqan g’azallarimizda ko’plab badiiy
san’atlar: mubolag’a, tashbeh, isroil masal, tazod, talmeh, istiora,
tanosub kabi sa’atlardan keng foydalangan.
Misollar keltiramiz:
Shoir go’zal o’xshatishlar , jozibador tashbehlardan o’rinli foydalangan: Muhabbat o’tig’a jono, jono, yuragim tah-batah qodur….
Talmeh: ( baytda mashhur shaxs nomlari, joy nomlarini qo’llash;) Labing la’l-u, xating Xizr-u, yuzing monandi Yusufdek, Zulayhodek kuyib-yonib, bu ishq ichra ado bo’lsam.
Tazod: (‘’qarshilantirish’’ san’ati, baytda zid ma’noli so’zlarni qo’llash;) Meningdek talhkomu bavj dunyoda o’tkan yo’q, Shakar og’zimga soldim-u, zahri qotildin batar topdim. Tanosub:( baytda bir uyaga mansub bir nechta so’z qo’llash) Vujudi ushbu olam bir necha kunduzdin ortiq yo’q, Charoqi dunyoda bir shams ko’rdim, bir qamar topdim;
o‘xshatishlar jonli misralarda suv ustida aks etgan inson aksidek, o‘z
tasvirini bera olgan. Shoir she’rlari badiiylik, majoziy, falsafiy
qarashlarni o‘z ichiga olsa-da, unda kitobxon uchun tushunarli bo‘lgan,
ravon, shu bilan birga, tarixiy, ma’rifiy, adabiylik ko‘rinishlarini o‘z
ichiga olgan iboralarga duch kelamiz.
Biz yuqorida Mashrabning ba’zi g’azallarini tahlil qildik, Mashrab g’azallarda ishq , Ollohga bo’lgan ishq kuylanadi. Shoir ishq yetish
yo’lida shohlikdan kechib, tarkidunyo qilgani, qolgan umrini darvesh
bo’lib, qalandarlikda o’tkazganini, bitta po’stinni butun umr kiyganini
aytadi. Faqat xayolida ishqqa yetishish bo’lganligi, bu yo’lda ko’p
mashaqqatlar chekkani, Ko’pchilik unga bu yo’ldan qaytishini aytganini , lekin uning qalbida
kundan-kun bu ishqqa yetishish o’ti yuragida alanga olganini g’azallarida bayon qiladi.
XULOSA:
Mashrab qoldirgan badiiy meros hajm va janrlar jihatidan hanuzgacha aniqlangan emas. Ammo bizga hozircha ma’lum asarlarining o‘zi ham Mashrabning favqulodda noyob iste’dod egasi ekanligidan dalolat beradi. Mashrab ijodi she’riyatning yanada kengroq ijtimoiy mazmun va jangovar ruh kasb etishida, adabiyotdagi xalqchillik va dunyoviylikning chuqurlashuvida, lirik turlarning takomillashuvi hamda badiiy san’atning kamolotga erishuvida yangi bir yuqori bosqichni tashkil etadi. Mashrabning mohiyatan inson qadri-sharafi va ma’naviy kamolotini ulug‘lashga, ezgulik va go‘zallikni madh etishga bag‘ishlangan she’riy merosida g‘azal, mustazod, murabba, muxammas, musaddas, musabba, masnaviy, ruboiy, ta’rix kabi janr turlarida bitilgan yetuk namunalarni uchratamiz. Ammo Mashrab avvalo mohir g‘azalnavis hamda ko‘plab sho‘x va jarangdor mustazodlar, o‘ynoqi va jozibador murabba hamda xalq g‘amu hasratiga hamdardlik hissi bilan yo‘g‘rilgan muxammaslar ijodkori sifatida keng dovrug‘ chiqargan. Mashrabning juda ko‘p g‘azallari xalq qo‘shiklaridek sodda va jarangdor, jo‘shqin va ta’sirchandir. Uning g’azallarida qandaydir o’ziga tortuvchi kuch, maftun qiluvchi joziba bo’lib, har bir inson qalbida iliqlik namoyon qiladi. Mashrab g’azallari o’lmas merosdir. Uning g’azallari hali-haligacha kuylarga solinib qo’shiq qilib ham kuylanmoqda. Nafaqat o’zbek xalqi, balkim, chet ellik san’atkorlar ham jahon sahnalarida barilla kuylamoqda.