O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat


Mashrab ijodida g’azal janrining o’rni



Yüklə 57,58 Kb.
səhifə4/12
tarix28.11.2022
ölçüsü57,58 Kb.
#120048
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Kurs ishi Sevara

1.2. Mashrab ijodida g’azal janrining o’rni
Mashrab avvalo mohir g’azalnavis hamda ko’plab sho’x va jarangdor mustazodlar, o’ynoqi va jozibador murabba hamda xalq g’amu hasratiga hamdardlik hissi bilan yo’g’rilgan muxammaslar ijodkori sifatida keng dovrug’ chiqargan. Mashrabning juda ko’p g’azallari xalq qo’shiqlaridek sodda va jarangdor, jo’shqin va ta’sirchandir.
Mashrab tasavvuf lirikasining ustalaridan hisoblanadi. Chunki uning she’rlarida Alloh ishqini kuylash yetakchilik qiladi. Alloh ishqiga yetishishda har qanday qiyinchiliklarni yengib o’tishga tayyorligini ta’kidlaydi, lekin bu ishni biror narsa ilinjida qilish qoralanadi. Bunga quyida keltirilgan dars namunalari va she’rlar tahlili jaratonida guvoh bo’lasiz.
O‘zbek mumtoz adabiyotida ko‘plab ijodkorlarning adabiy merosiga duch kelamiz. Aksariyat shoirlar ijodida haqiqiy hayotiy mahbubaning ishqi, uning go‘zalligi, o‘ynoqi misralarda ta’riflanadi. Hatto tabiatning mo‘zijalari ilohiyot yaratgan go‘zal zot ma’shuqaning boshdan-oyoq tasviriga, uning kishini haytarda qoldirarli go‘zalligiga bag‘ishlanadi. Endi Boborahim Mashrabga kelganimizda yorning vasli, husn-u jamoli Quyoshdan o‘tkirligi, oshiqni mast qilishi, shu sabab, yor go‘zalligiga g‘arq bo‘lgan oshiq ishq daryosiga suzishi, yorga erishish yo‘lida hamma narsadan voz kechishi kabi kayfiyatlarga duch kelamiz. Mashrabning boshqa ijodkorlardan ajralib turuvchi sifati uning butun borlig‘i bilan Ollohni tanishi, uni sevishi, ayrim o‘rinlarda borliqdan voz kechishi bilan bog‘liqbo‘lgan qarashlarni ilgari surganligining guvohi bo‘lamiz. Mashrabning ideali asarlardagi g‘oya falsafiy-estetik qarashlarga boy bo‘lib, o‘zining badiiy jihatdan yuksakligi takrorlanmas darajadagi o‘ynoqiligi, ayniqsa, yor siymosida faqat Ollohni tan olish kabi xususisyatlari bilan boshqa ijodkorlardan farqlanadi.
Mashrab ijodi keyingi asrlar adabiyotiga sezilarli ta’sir ko’rsatgan. Nodira, Huvaydo, Qoriy, Furqat, Hamza kabi shoirlar uning g’azallariga taxmis va naziralar bog’lashgan.


II. Bob. Mashrab g’azallarining g’oyaviy-badiiy tahlili

2.1. Mashrab g’azallari tahlili
Biz Mashrab devonidan o’rin olgan bir nechta g’azallar tahlil qilib, uning badiiy g’oyasi , unda qo’llangan badiiy san’atlar va mazmun-mohiyati bilan tanishib chiqamiz:
Mashrab g’azallarida ishq mavzusi yetakchilik qiladi. Ushbu g’azal orqali shoir yor ya’nikim, Olloh vasliga yetishish yo’lida qilgan, tarkidunyochiligini, chekkan mashaqqatlarini onasiga bayon qiladi. Onasining chekkan zahmatlari uchun undan uzur so’raydi.

95-g’azal
‘’Sanmusan’’ radifli g’azal
Chora aylab sho’xligingdin jonim olg’on sanmusan?
Yo mening ruhi ravonim, jismima jon sanmusan?

(Chora topib sho’xligingdan, jonim olgan senmusan?
Yo mening ruh-u ravonim, jismimga jon senmusan?)
Baytda tanosub san’ati qo’llangan;
2-bayt
Bu boshing aylantirur ishqing shamoli har taraf,
Gulshani ishqingda qilg’on bedi larzon sanmusan?
(Ishqing shamoli boshing aylantirar har taraf,
Ishqing gulshanida bedil qilgan senmusan?)
Baytda tashbeh san’ati qo’llangan,
3-bayt
Ichmayin vasling sharobi tegdi badnoming o’ti,

Yüklə 57,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin