Kuyub hijron o'tida doimo so'zona Mashrabman.
(Nazokatli yorimdan o’sha soat ayrildim,
Hijron olovida kuyub, doimo kuygan Mashrabman.)
Baytda mubolag’a san’ati bor;
4-bayt
Man ul barno bilan dardim eshitib yig’lashay, dedim,
Ko’ray deb ul vafodorim, biling jo’yona Mashrabman.
(Men u barno bilan dardimni gaplashib, yig’lashay dedim,
Ko’ray deb u vafodorimni, biling axtaruvchi Mashrabman.)
5-bayt
Falakning jabri ko'ksumda, alam uzra alamlardur,
Tarahhum aylabon ko'rgil, jarohatxona Mashrabman.
(Falakning jabri ko’ksimda alamlar uzra alam qildi,
Rahm qilib ko’rgin, jarohatxona Mashrabman.)
6-bayt
Mening ko'nglum qizil gul g'unchasidek tah-batah qondur,
Ochilmasdan xazon bo'lg'on chu motamxona Mashrabman.
( Mening ko’nglim qizil gul g’unchasidek tah-batah qondir,
Ochilmasdan xazon bo’lgan shu motamxona Mashrabman.)
Baytda tashbeh san’ati qo’llangan;
7-bayt
Visolingni tilab Mashrab yetubdur halquma jonim,
Kecha-kunduz qarorim yo'q, ajab sarsona Mashrabman.
( Visoling tilab Mashrab halqumiga joni tiqildi,
Kecha-kunduz qarorim yo’q, rosa sarson Mashrabman.)
Baytda mubolag’a va tazod ( kecha- kunduz) badiiy san’atlari qo’llangan.
97-g’azal
‘’Mashrabman’’ radifli g’azal
Sanamning ishqida tinmay yurub, ovvora Masharabman,
Ko'zi yoshlig', qadi xamlig', dili sadpora Mashrabman.
( Yorning ishqida tinmay yurib, ovvora Mashrabman,
Ko’zi yoshlik, qadi bukilgan, yuragi yuz pora Mashrabman.)
Baytda tashbeh ( ko’zi yoshlik, qaddi xamlik, dili sadpora) va tanosub (ko’z, qad, yurak) badiiy san’atlari qo’llangan.
2-bayt
Ko'ngulda zarracha dunyoni mehri bo'lmayin menda,
Seni deb ikki olamdin kechib, bezora Mashrabman.
( Ko’nglimda zarracha dunyoga muhabbat bo’lmadi menda,
Seni deb ikki olamdan kechgan, bezora Mashrabman.)
3-bayt
O'lin ketsam, lahad ichra so'ngakdin ketmagay darding,
Jahonda topmadim choraki, men-bechora Mashrabman.
(O’lib ketsam, qabr ichidagi suyakdan ketmas darding,
Dunyoda topmadim chora, men bechora Mashrabman.)
4-bayt
Anodin qay kuni bo'ldum, sening ishqingda oh urdum,
Muhabbat dashtida yurgan bo'lub ovvora, Mashrabman.
( Ana u qaysidir kun bo’ldim, sening ishqingda oh urdim,
Muhabbat dashtida ovvora bo’lib yurgan Mashrabman.)
5-bayt
Muhabbat jomidin may tuttilar, ichmasga choram yo'q,
Dostları ilə paylaş: |