O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat



Yüklə 57,58 Kb.
səhifə7/12
tarix28.11.2022
ölçüsü57,58 Kb.
#120048
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Kurs ishi Sevara

Ko'zumdin qon yoshim tinmay oqar xunbora Mashrabman.
( Mubbat jomidan may tutdilar, ichmaslikka choram yo’q,
Ko’zimdan yoshli qonim tinmay oqar, xunbora Mashrabman.)
Baytda mubolag’a san’ati bor.
6-bayt
Boshimga ming balo kelsa, tilarman vaslin, ey zohid,
"Tilim kessang, tuyorim yo'q",-degan-diydora Mashrabman.
( Boshimga ming balo kelsa ham, doim vasling tilayman, ey zohid,
‘’Tilim kessang, tuyorim yo’q’’, - degan diydora Mashrabman.)
7-bayt
Xaloyiqlar meni quvlar, yomon deb har shahar borsam,
Ajab mardud, ajab mahrum, ajab sangsora Mashrabman.
( Odamlar meni haydar , yomon deb qaysi shaharga borsam,
Rosa lan’atlanga, rosa mahrum qilingan, rosa toshbo’ron qilingan Mashrabman.)
8-bayt
O'zumni xalq aro ixfolig'imni hech kishi bilmas,
Dilu jonim fido aylab, ajab ayyora Mashrabman.
( O’zimni xalq ichiga yashirganligimni hech kim bilmas,
Dil-u jonimni fido qilib, rosa ayyor Mashrabman.)
9-bayt

Meni devona Mashrabg'a muhabbatdin bayon aylang,


Namozu ro'zadan forig' bo'lub sayyora Mashrabman.
( Menday devona Mashrabga muhabbatdan gapiring,
Namoz – ro’zadan ozod bo’lib, sayr qilgan Mashrabman.)
98-g’azal:
‘’Qaydasan’’ radifli g’azal
Intizoringdin chiqodur jonim, ey jon qaydasan?
Rahm qilg’il holima, ey notavonim qaydasan?
( Intizoringdan jonim chiqadir, ey jon qaydasan?
Rahm qilgin bu ahvolimga, ey notavonim qaydasan.)
2-bayt
Furqatingdin xasta bo’ldum, toqatim ham qolmadi,
Jon ba lab etdi g’amingda , dardga darmon qaydasan?
(
Demadingmu, san yoringdin kech bu dam, ayg’il mani,
Shart-u ahdingni unutgon ahdi yolg’on qaydasan?
Man Zulayhodek fano bo’ldim firoqing o’tig’a
San farog’atxotiri eshoni Kan’on qaydasan?
Mashrabing topti sani izlab viloatni kezib,
Yuzi to’lg’on oydaku , ey ko’zi Cho’lpon qaydasan?
Ketti qaroru sabru xush, qolmadi tanda toqatim,
Tun-kun ila ziyodadur mehnatu dardu kulfatim. ( tazod)

Oh urubon qayon ketay, tog’u tosha boshim uray ,
Boshima ming baloi g’am kunda turur alomatim.
Zarracha qolmadi yurak, kuydiyu bo’ldi ham ado,
Ko’zda yoshimu rangim zard-ushbu erur nadomatim.

Xojai muftini yig’ib, omiyu shayx ham murid,
Barchasidan yuz o’gurub, ishqi erur malomatim.

Barchani mulku johini, izzatu ne’mat joyini,
Manga berubdur ohini, ushbu turur qiyomatim.

Ishq emas balo ekan, mehnatu dardu oh ekan,
Mashrabi zor-zor ekan, kundan-kun ortur ofatim.
Mazmuni:
Sabr-u qarorim tugadi, qolmadi toqatim,//Kecha-yu kunduz kulfati dard ishim ortdi,
Oh, qayerga ketay, qaysi tog’-u toshga boshim uray,//Boshimda ming baloi g’am.
Zarracha yurak qolmadi, kuyub ado bo’ldi,//Ko’zimda yosh, rangim sariq shudur mening nadomatim,
Xojai mufti, savodsiz shayx- u muridlar yig’ilib,// Ishq deb , baridan kechganimni ta’na qildilar,
Barchaning mulki jonini, izzat-u ne’matini,// Qiyomatda oh ursam , manga berur.
Ishq emas balo ekan, dard ishi oh ekan, // Mashrab unga zor-zor ekan , kundan –kun ortar dardi.
G’azal 6 baytdan iborat. Yakpora g’azal. Ramal bahrida yozilgan.

Yüklə 57,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin