O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat


kuysam-o’gulsam-qarab qolsam- yursam-ado bo’lsam-oh ursam-



Yüklə 57,58 Kb.
səhifə11/12
tarix28.11.2022
ölçüsü57,58 Kb.
#120048
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Kurs ishi Sevara

kuysam-o’gulsam-qarab qolsam- yursam-ado bo’lsam-oh ursam-
to’tiyo qilsam.

2.2. G’azallarda qo’llangan badiiy san’atlar
Mashrab yuqorida tanishib chiqqan g’azallarimizda ko’plab badiiy


san’atlar: mubolag’a, tashbeh, isroil masal, tazod, talmeh, istiora,


tanosub kabi sa’atlardan keng foydalangan.


Misollar keltiramiz:


Shoir go’zal o’xshatishlar , jozibador tashbehlardan o’rinli foydalangan:
Muhabbat o’tig’a jono, jono, yuragim tah-batah qodur….


Talmeh: ( baytda mashhur shaxs nomlari, joy nomlarini qo’llash;)
Labing la’l-u, xating Xizr-u, yuzing monandi Yusufdek,
Zulayhodek kuyib-yonib, bu ishq ichra ado bo’lsam.


Isroil masal: (baytda maqol, matal, hikmatli so’z qo’llash;)
Sadafsiz dur, tikansiz gul, mashaqqatsiz hunar yo’qtur
Topolmasman, ayo do’stlar, jahonni istabon yursam


Tazod: (‘’qarshilantirish’’ san’ati, baytda zid ma’noli so’zlarni qo’llash;) Meningdek talhkomu bavj dunyoda o’tkan yo’q,
Shakar og’zimga soldim-u, zahri qotildin batar topdim.
Tanosub:( baytda bir uyaga mansub bir nechta so’z qo’llash)
Vujudi ushbu olam bir necha kunduzdin ortiq yo’q,
Charoqi dunyoda bir shams ko’rdim, bir qamar topdim;


G‘azallarida mubolag‘a chegarasiz, doirada ishlatilgan, majoziy


o‘xshatishlar jonli misralarda suv ustida aks etgan inson aksidek, o‘z


tasvirini bera olgan. Shoir she’rlari badiiylik, majoziy, falsafiy


qarashlarni o‘z ichiga olsa-da, unda kitobxon uchun tushunarli bo‘lgan,


ravon, shu bilan birga, tarixiy, ma’rifiy, adabiylik ko‘rinishlarini o‘z


ichiga olgan iboralarga duch kelamiz.


Biz yuqorida Mashrabning ba’zi g’azallarini tahlil qildik, Mashrab
g’azallarda ishq , Ollohga bo’lgan ishq kuylanadi. Shoir ishq yetish


yo’lida shohlikdan kechib, tarkidunyo qilgani, qolgan umrini darvesh


bo’lib, qalandarlikda o’tkazganini, bitta po’stinni butun umr kiyganini


aytadi. Faqat xayolida ishqqa yetishish bo’lganligi, bu yo’lda ko’p


mashaqqatlar chekkani,
Ko’pchilik unga bu yo’ldan qaytishini aytganini , lekin uning qalbida


kundan-kun bu ishqqa yetishish o’ti yuragida alanga olganini g’azallarida bayon qiladi.


XULOSA:


Mashrab qoldirgan badiiy meros hajm va janrlar jihatidan hanuzgacha
aniqlangan emas. Ammo bizga hozircha ma’lum asarlarining o‘zi ham
Mashrabning favqulodda noyob iste’dod egasi ekanligidan dalolat
beradi. Mashrab ijodi she’riyatning yanada kengroq ijtimoiy mazmun va
jangovar ruh kasb etishida, adabiyotdagi xalqchillik va dunyoviylikning
chuqurlashuvida, lirik turlarning takomillashuvi hamda badiiy
san’atning kamolotga erishuvida yangi bir yuqori bosqichni tashkil etadi.
Mashrabning mohiyatan inson qadri-sharafi va ma’naviy kamolotini
ulug‘lashga, ezgulik va go‘zallikni madh etishga bag‘ishlangan she’riy
merosida g‘azal, mustazod, murabba, muxammas, musaddas, musabba,
masnaviy, ruboiy, ta’rix kabi janr turlarida bitilgan yetuk namunalarni
uchratamiz. Ammo Mashrab avvalo mohir g‘azalnavis hamda ko‘plab
sho‘x va jarangdor mustazodlar, o‘ynoqi va jozibador murabba hamda
xalq g‘amu hasratiga hamdardlik hissi bilan yo‘g‘rilgan muxammaslar
ijodkori sifatida keng dovrug‘ chiqargan. Mashrabning juda ko‘p
g‘azallari xalq qo‘shiklaridek sodda va jarangdor, jo‘shqin va ta’sirchandir.
Uning g’azallarida qandaydir o’ziga tortuvchi kuch, maftun
qiluvchi joziba bo’lib, har bir inson qalbida iliqlik namoyon qiladi.
Mashrab g’azallari o’lmas merosdir. Uning g’azallari hali-haligacha
kuylarga solinib qo’shiq qilib ham kuylanmoqda. Nafaqat o’zbek xalqi,
balkim, chet ellik san’atkorlar ham jahon sahnalarida barilla kuylamoqda.


Yüklə 57,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin