Toqat-kulfat-alomat-nadomat-malomat-qiyomat-ofat so’zlari o’zaro qofiyadosh bo’lib kelgan;
84-g’azal:
Qiyomatdur, agar, jonoki men sendin judo bo’lsam,
Xush ul davlat erur menga firoqatindan judo bo’lsamю
Xarobu ham kabobdurman nega dog’imga etmaysan,
Kimga aytib, kimga yig’lay azaldin bedavo bo’lsam.
Asiri halqai zulfing bo’lubman bilu xoh bilma,
Ziyon-sudini bilmasman, taqi man g’amzado bo’lsam,
Sening bir zarrai ishqing manga darmondin ortuqroq,
Tilim kuysun, agar jonon, talabgori davo bo’lsam.
Muhabbat o’tig’a, jon, yuragim tah-batah qondur,
Nechuk men aylayin, do’stlar, azaldin benavo bo’lsam? (tashbeh)
Yuragu bag’rim o’rtandi seni dardi firoqingdin,
Nechuk yuz qaytaroyin men azalda oshno bo’lsam?
Chu qumri sarv uchun yig’lab fido aylab bu jonimni,
Tamomi xonumonimdin kechib men mosuvo bo’lsam.
Hama ushshoqi sodiqni seni ishqing xarob aylar,
Qabul etkil, ayo dilbar, ko’yingda bir gado bo’lsam, (istiora)
Falakni javridin, do’stlar nechuk , men shikva aylarman,
Netay , naylay, birodarlar, ki baxtiqaro bo’lsam?!
Nega dodimg’a yetmaysan, maning holimni so’rmaysen,
Firoqingda ado bo’lg’an ki Mashrab bir gado bo’lsam?
Mazmuni:
Jonon (mashuqa)men agar sendan ayrilsam, qiyomatdur,//Firoqingdan ado bo’lish, menga yaxshi daltat erur;
Ado bo’ldim, kuydim nega dodimni eshitmaysan,//Kimga aytib, kimga yig’lay avvaldan davosiz bo’lsa;
Xoh bil,xoh bilma zulfing asiridirman,//Ziyonligin bilmasman toki men g’amda yonmaguncha;
Sening bir zarra ishqing , menga darmondan ortiqdir,//Tilim kuysin, jonon agar talabgorga davo bo’lsa;
Muhabbat o’tida , yor yuragim qat-qat qon bo’ldi,// Nima qilay, do’stlar, men avvaldan notavon bo’lsam;
Sening dard-u firoqingda yurak bag’rim tamom bo’ldi,// Yuz marta aytay, menga bu avvaldan tanish bo’lsa;
Yor uchun yig’lab, jonimni fido qilay// Oxiri uy-joyimdan kechib, hech narsasiz qolsam ham.
Hamma oshiqlar kabi senga sodiqman, ishqing tamom qilsa ham,//Qabul qil ey dilbar, ko’yingda bir oshiq bo’lsam;
Falakning zulmidan do’stlar, nima uchun shikoyat qilay,// Nima qilay, nima dey, avval kundan beriki tole’siz bo’lsam,
Nega ovozimni eshitmaysan, mening ahvolimni so’ramayan,// Sendan judolikda tamom bo’lgan, bu bechora Mashrab bo’lsam.
G’azal 10 baytdan iborat . Yakpora g’azal, a-a, a-b, a-d….tarzida
qofiyalangan. ‘’Bo’lsam’’ so’zi radif bo’lib kelgan. Qofiyadosh
Dostları ilə paylaş: |