Abdulhamid Cho'lpon asarlari tahlili Xayol Xayol va haqiqat... Ular har doim ham bir-biriga uyg'un bo'lavermaydi. Ko'pincha xayolimizdagi narsalar haqiqatda buning aksi bo'lib chiqadi. Chindan ham, xayol shirin,
xayol sururbaxsh, xayol go'zaldir. Haqiqat esa achchiq, qo'pol va qo'rqinchli. Shu boisdan har bir inson o'zining xayolot dunyosida qurgan go'zal olamida yashaydi va bu olamning yolg'onligini bilsa-da, undan voz kechgisi kelmaydi...
Suygan choqlarda Ishq va Oshiqlik... Bu so'zlarni ta'riflamoqqa, uning mazmunini sharh etmoqqa zabonlar zabun-u qalamlar ojiz. Oshiqning ishq makon etgan ko'nglidan qanday hislar kechishini hech kim mukammal tasvirlab berolmaydi. Uni faqat chinakam oshiqlargina his etishi mumkin. Mazkur she'rni oshiq yurakning ko'ngil rozlari sifatida qabul etish mumkin.
Buzilgan o'lkaga Cho‘lponning mazkur she’ri bolsheviklar qirg‘ini, sho‘ro mustamlakachilari tomonidan o‘lkamizning vayronaga, o‘likxonaga aylantirilgani haqida bo'lib, unda yurtimiz boshiga tushgan musibatlar o'ta haqqoniy va ayni paytda ta'sirchan qilib tasvirlangan.
Binafsha Ushbu she'rda Cho'lponning buyuk va xassos qalbini ko'rgandek bo'lasiz. She'r hamdardlik hislariga to'la bo'lib, uni o'qigach, shoir "Binafsha" so'zi ostiga qanday mazmunni berkitganini bilib olishingiz mumkin.
Xalq Agar siz Cho'lponning xalqqa bergan ta'rifini bilmoqchi bo'lsangiz, albatta, ushbu she'r bilan tanishing. Shuningdek, unda shoirning yurt ozodligi haqidagi yorug' o'ylari ham o'z ifodasini topgan.
Kuz yomg'iri She’rning yozilish tarixini shunday tasavvur etamiz: Cho‘lpon Moskvadagi bekatlarning birida, ehtimol, tramvayning kelishini kutib turganida kuz yomg‘iri asta yog‘a boshlaydi. Shoir yomg‘ir tomchilarining daraxt yaproqlarini yuvib, so‘ng yerga to‘kilayotgani va chuqurcha hosil qilayotganini ko‘radi. Chuqurchaga tushayotgan yangi tomchilar uni ko‘pirtirib yuboradi. Chuqurcha shoir tasavvurida jajji bir ko'lchaga aylanadi. Xayolning bu erkin o‘yinidan zavqlangan shoir bunday falsafiy xulosaga keladi...