O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə201/379
tarix11.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#132195
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   379
хайдаров, халилова 2009 умумий психол(1)

Ixtiyorsiz xotiraning
turmushda va faoliyatda katta 
o’rin egallashini har kim o’z shaxsiy tajribasidan biladi. Ixtiyorsiz xotiraning 
muhim xususiyatlaridan biri ma'lum maqsadsiz aqliy, asabiy, irodaviy zo’r 
berishsiz hayotiy ahamiyatga ega bo’lgan keng ko’lamdagi ma'lumot, xabar, 
axborot, ta'surotlarning ko’pchilik qismini aks ettirishdir. Shunga qaramasdan 
inson faoliyatining turli jabhalarida o’z xotirasini boshqarish zarurati tug’ilib 
qolishi mumkin. Xuddi mana shunday sharoitlar, holatlar, vaziyatlarda esda 
saqlash, esga tushirish yoki eslash imkoniyatini yaratadigan xotiraning mazkur turi 
katta ahamiyatga egaligi shubhasiz. 
So’nggi paytlarda rus va xorij psixologiyasida xotira borasidagi 
tadqiqotchilarning e'tiborini esda olib qolishning dastlabki, boshlang’ich 
daqiqalarida vujudga keladigan holatlar, jumladan tashqi taassurot izlarining 
mustahkamlanishigacha bo’lgan jarayonlar, holatlar, mexanizmlar, shuningdek, 
ularning mustahkamlanish muddatlarini ham o’ziga jalb qilib kelmoqda. 
Masalan, biror material xotirada mustahkam joy olish uchun uni sub'ekt 
tomonidan tegishli ravishda qayta ishlab chiqish zarur va materialni bunday ishlab 
chiqish uchun ma'lum darajada muddat talab etish tabiiydir. Ana shu muddat 
xotirada qayta tiklanilayotgan izlarni mustahkamlash deb qabul qilingan. Mazkur 
jarayon inson tomonidan yaqindagina bo’lib o’tgan hodisalarning aks sadosi 
sifatida kechiriladi va takomillashadi. Inson muayyan daqiqalarda, lahzalarda, ayni 
paytda bevosita idrok qilinayotgan narsalarni go’yo ko’rishda, eshitishda davom 
etayotgandek tuyuladi. Ushbu jarayon kelib chiqishi jihatidan beqaror, hatto 
o’zgaruvchan, lekin ular shu qadar maxsus tajriba orttirish mexanizmlarining 
faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan ularning roli shu qadar 
ahamiyatli-ki, bu jarayonlarda esda olib qolish, esda saqlash, axborotlar, 
malumotlar, xabarlarni qayta esga tushirishning alohida turi sifatida qaraladi. 
Ushbu jarayon odatda psixologiya fanida 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin