182
Tanish ilgari idrok qilingan narsa va hodisalarni takror idrok qilish natijasida
u yoki bu hodisani esga tushirishdir. Tanish aniq va noaniq bo’lishi mumkin.
Noaniq tanishda biz bu narsani notanish emasligini his qilamiz, xolos. Masalan, bir
odam ko’zimizga issiq ko’rinadi, lekin uni qaerda ko’rganimizni eslay olmaymiz.
To’liq, aniq tanishda esa idrok qilinayotgan narsaning nomi katta rol o’ynaydi.
Masalan, biz bir kishini ko’rib, uni taniy olmasak, uning familiyasini yoki ismini
eshitsak, darrov kim ekanligini bilamiz.
Eslash narsa va hodisalarni, uni ayni paytda idrok qilmay esga tushirishdir.
Masalan, bo’lib o’tgan voqea va hodisalarni, bilib olgan ishlarimizni bemalol esga
tushirishimiz mumkin. Eslash ham aniq va noaniq bo’ladi. Masalan, biz she'rni
yoddan aytib bersak ham uni qaerda va qachon o’qiganimizni eslay olmaymiz.
Esga tushirish avval tanishdan boshlanadi. Masalan, imtihonga kirganda biletni
ko’rib, uning savolini o’qib taniymiz. Demak, bunda predmetning nomi muhim rol
o’ynar ekan. Bevosita esga tushirish materialni
idrok qilish ketidanoq esga
tushirishdan iborat. Masalan, she'rni yod olganimizda bir necha satrni o’qigan
kitobga qaramasdan takrorlaymiz, ya'ni bevosita esga tushiramiz.
Bir karra
ko’zdan kechirilgan materialni bevosita esga tushirilgan miqdoriga qarab,
xotiraning ko’lami aniqlanadi.
Materialning ko’p qismini bevosita esga tushira
oladigan kishining xotira
ko’lami keng hisoblanadi. Masalan, artistlarda so’z va iboralarni esda tutib qolish
xotirasining ko’lami keng bo’ladi. Hisob-kitob ishlarini yuritadigan xodimlarda
sonlarni esda tushirish xotirasining ko’lami keng bo’ladi.
Vaqt o’tkazib esga tushirish esda olib qolingan
narsani oradan bir qancha
vaqt o’tkazib esga tushirishdirki, bunda shu orada
ongimizda boshqa jarayonlar
o’tgandek bo’ladi. Masalan, yoshligimizdagi voqea va hodisalarni shu tariqa
eslaymiz.
Idrok qilingan narsalar miyamizda o’rnashib qolishi, esimizda turishi tufayli
turli usulda esimizga tushishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: