187
Mantiqiy xotira
- xotira turlaridan, materialni ma'no tomondan o’zaro
bog’langan holda tushunib esda qoldirishga asoslanadi.
Mexanik xotira
(yunon. Mechane - qurol, mashina) - materialning ma'nosiga
tushunmagai holda
takrorlashdan iborat xotira.
Operativ xotira
(lot. oreratio - harakat) - xotira turlaridan biri. By ma'lum
faoliyatni bajarish jarayonida ifodalanadi, uzoq muddatli xotiradan vaqtincha
foydalanadi.
Paramneziya
(yunon. rara - oldida, yonida mnosis - eslash) - sodir
bo’layotgan voqealarning qachonlardir boshdan kechirilgandek bo’lib tuyulishidan
iborat xotira kasalligi.
Proaktiv tormozlanish
(lot. proaktivus - o’ta faol. yunon. tormoz) - avvalgi
faoliyatning qayta - qayta kun takrorlanishi natijasida keyingi materiallarni esga
tushirishning yomonlashuvi.
Reminissensiya
(lot. reminiscentia - eslamoq) - avval unutilgan deb
hisoblangan materiallarning keyinchalik esga tushishidan iborat xotira jarayoni,
ya'ni vaqtinchalik unutish
holati.
Retroaktiv tormozlanish -
(lot. Retru - orqaga, activus - faol, harakatchan) -
oldin eslab qolingan materiallarni keyingi faoliyat ta'sirida vaqtincha unutish.
Tanib olish
- oldin esda qoldirilgan narsalarni qayta idrok qilish orqali obraz
tariqasida esga tushirishdan iborat xotira jarayoni.
Dostları ilə paylaş: