O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova


TAFAKKUR  Tafakkur haqida tushuncha



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə217/379
tarix11.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#132195
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   379
хайдаров, халилова 2009 умумий психол(1)

TAFAKKUR 
Tafakkur haqida tushuncha 
Tafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir. Tafakkur orqali biz 
sezgi a'zolarimiz bilan bevosita aks ettirib bo’lmaydigan narsa va hodisalarni 
ongimizda aks ettiramiz. Umuman olganda tashqi muhitdagi narsa va hodisalar 
o’rtasida ko’z bilan ko’rib, quloq bilan eshitib bo’lmaydigan ichki munosabatlar 
hamda qonuniyatlar mavjud. Ana shu ichki bog’lanish hamda qonuniyatlarni biz 
tafakkur orqali bilib olamiz. Demak, 
tafakkur
deb narsa va hodisalar o’rtasidagi 
eng muhim bog’lanishlar va munosabatlarning ongimizda aks ettirilishiga aytiladi. 
Aynan tafakur orqali biz moddiy olamdagi narsa va hodisalarning 
mohiyatini bilish imkoniga ega bo’lamiz. Shu bois dunyoni bilishda bevosita 
sezish, idrok, tasavvur va bavosita tafakkur muhim rol o’ynaydi.
Tafakkur tushunchasining mazmun mohiyati psixologiya darsliklarida 
olimlar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Jumladan, umumiy psixologiya 
darsliklarida tafakkurga berilgan ta'riflar turlicha bo’lib uning ikkita yoki uchta 
muhim xususiyati ta'kidlab o’tiladi, xolos. Jumladan, P.I.Ivanovning darsligida 
"tafakkur insonning shunday aqliy faoliyatidirki, bu faoliyat voqelikni eng aniq, 
to’liq, chuqur va umumlashtirib aks ettirishga (bilishga), insonni taqin ham oqilona
amaliy faoliyat bilan shug’ullanishiga imkon beradi" deb ta'riflanadi. Ushbu 
ta'rifda tafakkurning to’la, aniq va umumlashtirilgan holda aks ettirishi ta'kidlab 
o’tiladi, xolos, lekin uning xarakterli xususiyatlari bevosita so’z yordami bilan 
ifodalanishi muallifning diqqat markazidan chetda qolgan. 
M.V.Gamezo
tomonidan "tafakkur voqelikning umumlashgan holda va so’z 
hamda o’tmish tajriba vositalarida aks ettirilishi" ekanligi bayon qiladi. U 
tafakkurning umumlashgan so’z vositasida va vositali atrof- muhit hodisalarini aks 
ettira olishni ta'kidlaydi. 
Dunyoni bilish 
Bevosita - sezish, idrok 
Bavosita tafakkur 
tasavvur 


192 
A.V.Petrovskiy
tahriri ostidagi darslikda tafakkurga quyidagicha ta'rif 
keltiriladi: "Tafakkur - ijtimoiy sababiy, nutq bilan chambarchas bog’liq muhim bir 
yangilik qidirish va ochishdan iborat psixik jarayondir, boshqacha qilib aytganda, 
tafakkur voqelikni analiz va sintez qilish, uni bavosita va umumlashtirib aks 
ettirish jarayonidir". 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin