195
ho’shishdan iborat aqliy faoliyat ekanligi ta'rifdan ko’rinib turibdi. Analiz aqliy
bo’lgani kabi sintez ham amaliy xarakter kasb etadi. Masalan, birinchi sinf bolasi
o’z harf xaltasidagi keltirilgan harflardan foydalanib, bo’g’in, bo’g’inlardan so’z,
so’zlardan gap, gaplardan qisqa axborot, undan esa hikoya tuzadi.
Analiz va sintez o’zaro bevosita mustahkam bog’langan yagona jarayonning
ikki tomonidir. Agar narsa va hodisalar analiz qilinmagan bo’lsa, uni sintez qilib
bo’lmaydi, har qanday analiz predmetlarni narsalarni bir butun holda bilish asosida
amalga oshirilishi lozim.
Taqqoslash
- shunday bir tafakkur operasiyasidirki,
bu operasiya vositasi
bilan ob'ektiv dunyodagi narsa va hodisalarning bir-biriga o’xshashligi va bir-
biridan farqi aniqlanadi.
XIX-XX asrlarda yashagan olim K.D.Ushinskiy taqqoslash jarayoni
borasida quyidagilarni ta'kidlagan: "Agar siz tabiatni bir narsasini ravshan tushunib
olishni istasangiz, uning o’ziga juda o’xshash bo’lgan narsalardan tafovutini
topingiz va uning o’zida juda uzoq bo’lgan narsalar bilan o’xshashligini topingiz.
Ana shunda siz shu narsaning eng muhim
belgilarini payqab olasiz, demak shu
narsani tushunib olasiz".
Narsa va hodisalar o’rtasidagi o’xshashlik yoki farqni, teng yoki
tengsizliklarni, ayniyat yoki ziddiyatlarni aniqlashdan iborat bo’lgan fikr yuritish
operasiyasi, bilishning dastlabki va zarur vositasi bo’lib hisoblanadi. Ajdodlarimiz
taqqoslashning ta'limdagi roli to’g’risida shunday fikrlarni bildirgan edi.
Taqqoslash har qanday tushunishning va har qanday tafakkurning asosidir.
Olamdagi narsalarning hammasini taqqoslab ko’rish yo’li bilan bila olmasak,
boshqa yo’l
bilan bila olmaymiz, agar biz hech narsa bilan solishtirishimiz va
farqini bilib olishimiz mumkin bo’lmagan biron bir narsaga duch kelganimizda edi,
u holda biz shu narsa to’g’risida hech qanday fikr qila olmagan bo’lar edik.
Taqqoslash operasiyasi ikki xil yo’l bilan amalga oshishi mumkin: amaliy
aniq narsalarni bevosita solishtirish va nazariy tasavvur qilinayotgan obrazlarni va
narsalarni ongda fikran taqqoslash. Agar odam ikki boylam yukni qo’l bilan
ko’tarib, bir necha xil taom mazasini qiyoslasa yoki ikki paykal paxtazor
qosildorligini taqqoslasa, bu amaliy taqqoslash bo’ladi.
Shuningdek, o’quvchilar
ikki qalam yoki ikki sterjenning uchini yog’ochga yoki qog’ozga solishtirsalar, u
analogik holatga misol bo’la oladi. Bundan tashqari metr bilan masofani, tarozi
bilan og’irlikni, termometr bilan haroratni, teleskop bilan osmon jismlarini
o’lchash paytida ham taqqoslash jarayoni vujudga keladi.
Inson tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarning barchasini bevosita aks
ettirish, qo’l bilan paypaslash imkoniyatiga ega emas. Shu boisdan to’planadigan
bilimlarning aksariyati qo’l bilan ushlash, ko’z bilan kuzatish evaziga emas, balki
fikr yuritish orqali, mantiq yordamida anglaniladi. Ular o’rtasida o’xshash va farqli
alomat hamda belgilar nazariy taqqoslash asosida ajratiladi. Demak,
inson
olayotgan keng ko’lamdagi axborotlar farqini fikran taqqoslash yordamida anglab
yetadi. Jumladan, o’quvchilar dilda o’ylayotgan narsalarni fikran solishtirib
ko’radilar. Ba'zan turli yoshdagi kishilar o’z tengdoshlari xarakterida, qiziqishida,
yurish turishida, muomalasida va boshqa xususiyatida o’xshashlik va tafovut
borligini topadilar.
196
Abstraksiya
- shunday fikr tafakkur operasiyasidirki, bu operasiya yordami
bilan moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning muhim xususiyatlarini farqlab olib,
ana shu xususiyatlardan narsa va hodisalarning muhim bo’lmagan ikkinchi darajali
xususiyatlarini fikran ajratib tashlaymiz.
Mazkur jarayonni quyidagi sxemada ham ko’rishimiz mumkin
:
Abstraksiya jarayonida ob'ektdan ajratib olingan belgi, alomatning o’zi
tafakkurning mustaqil ob'ekti bo’lib qoladi. Abstraksiya
operasiyasi tahlil
natijasida vujudga keladi. Masalan, sinf devorini tahlil qilish jarayonida uning
faqat bir belgisini, ya'ni oqligini ajratib olish mumkin va oq devor to’g’risida emas,
balki devorning og’ligi to’g’risida, keyin esa umuman oqlik haqida fikr yuritish
mumkin. Kishilar quyosh, oy, yulduz, elektr, olov ba'zi planetalar, ayrim tosh va
hokazolarning ko’z o’ngilarida yoritishni kuzata
turib ularning bitta umumiy
belgisini, ya'ni yoritishni fikran ajratib olib, umuman yoritish to’g’risida mulohaza
yuritiladi.
Buyumlarni narsa va hodisalarni jism va predmetlarni bir-biri bilan
taqqoslash paytida ham abstraksiyalash jarayoni yuzaga keladi. Bunda narsa va
hodisalarning mavjud belgilariga, masalan tusiga, shakliga,
tezligiga, og’irligiga,
qiymatiga va shu kabi o’xshash sifatlarga qarab taqqoslanadi.
Abstraksiya operasiyasi bilan insonni qurollantirish intellektual jihatdan
intensiv rivojlanishiga olib keladi, shuningdek mustaqil bilim olish faoliyatini
takomillashtiradi.
Umumlashtirish
- tafakkurda aks etgan bir turkum narsalarning, o’xshash
muhim belgilarning shu narsalar to’g’risidagi bitta tushuncha qilib,
fikrda
birlashtirish demakdir. Psixologiyada umumlashtirish muammosi bo’yicha yagona
yo’nalishdagi nazariya mavjud emas. Shuning uchun psixologlar bu jarayonni
turlicha talqin qiladilar, goho uni guruhlarga bo’lib o’rganadilar. Shuningdek,
maktab ta'limini qaysi umumlashtirish usuli asosida amalga oshirish to’g’risida
olimlar turlicha nuqtai nazardan yondashadilar.
Dostları ilə paylaş: