O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə224/379
tarix11.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#132195
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   379
хайдаров, халилова 2009 умумий психол(1)

Sistemalashtirish
- tizimga solish shundan iboratki, bunda ayrim narsalar, 
faktlar, hodisa va fikrlar muayyan tartibda makondagi, vaqtdagi tutgan o’rniga 
yoki mantiqiy tartibda joylashtiriladi. Shu sababli makon, xronologiya va mantiqiy 
belgilar asosida tizimga solish turlariga ajratiladi. Mebelning xonadagi 
joylashtirilishi, daraxtning boqqa o’tkazilishi, makoniy tizimga namuna bo’la 
oladi. O’tmishda bo’lib o’tgan voqealarning vaqtga qarab tizimga solishning 
namunasi bo’la oladi. Matematikaga, falsafaga, mantiqqa doir darsliklarda ilmiy 
materiallarning joylashtirilishi mantiqiy tizimga solishning namunasidir. 
Maktab ta'limida o’zlashtirilgan bilimlarni tizimga solish muhim ahamiyatga 
ega bo’lib, bu ish bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Bilimlar dastlab 
predmetlarning boblari, qismlari bo’yicha, so’ng yaxlit holda o’quvchi ongida 
tizimlashadi. Tizimlashtirishning ikkinchi bosqichida bir-biriga o’xshash 
predmetlarga oid bilimlar fikran tartibga solinadi. Uchinchi bosqichda bir necha 
predmetlar yuzasidan to’plangan bilimlar ma'lum tartibga tushadi, ularning 
o’xshash va farqli tomonlari ajratiladi. Tizimga solishning to’rtinchi bosqichida 
darsdan va maktabdan tashqari mashg’ulotlarda egallangan bilimlarni 
tizimlashtirish nazarda tutiladi. 
Demak, insonning bilish faoliyatida mavzulararo, predmetlararo bilimlarni
tizimlashtirish yuzaga keladi. Binobarin bilimlarning tizimga solinishi aqliy 
rivojlanishning dastlabki pog’onasi hisoblanadi. 
Tafakkur shakllari 
Psixologiyada nutq fikr yuritish faoliyatining vositasi deb yuritiladi. Odamda 
nutq tafakkur jarayonida hukm, xulosa chiqarish va tushunchalar shaklida 
ifodalanib keladi. 
Hukmlar 
Narsa va hodisalarning belgi va xususiyatlari haqida tasdiqlab yoki inkor 
qilib aytilgan fikr 
hukm
deb ataladi.


199 
Hukmlar ob'ektiv voqelikni aks ettirilishiga qarab chin yoki xato bo’ladi. 
Narsa va hodisalarda voqelikda haqiqatan o’zaro bog’liq bo’lgan belgilar, 
alomatlar hukmlarda bog’liq ravishda ko’rsatib berilsa yoki voqelikda bir-biridan 
ajratilgan narsalar hukmlarda ajratib ko’rsatilsa bu 
chin hukm
deb ataladi. 
Masalan, metallar elektr tokini o’tkazuvchidir; metallar qizdirilganda kengayadi, 
degan chin hukmlardir. Chunki elektr tokini o’tkazish qizdirilganda kengayishi 
metallarga xos xususiyatdir.
Moddiy olamda haqiqatdan bog’liq bo’lmagan narsa hukmda bog’liq qilib 
ko’rsatilsa, bunday hukm 
xato hukm
deb ataladi. Masalan, hozir tashqarida 
yomg’ir yog’yapti; yer quyosh atrofida aylanmaydi, degan misollar xato hukmlar 
doirasiga kiradi.
Borliqdagi narsalar, hodisalar va voqelikni miqdoriga ularning biror hukmda 
aks ettirilgan aloqa va munosabatlariga qarab, hukm quyidagi turlarga bo’linishi 
mumkin: 


Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin