O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə228/379
tarix11.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#132195
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   379
хайдаров, халилова 2009 умумий психол(1)

Tushunchalar 
Tafakkur tushunchalar shaklida ifodalanadi. 
Tushuncha
deganda biz narsa 
va hodisalarning eng muhim va eng asosiy xususiyatlarini aks ettirishni 
tushunamiz. Tushunchalar hukmlardan tarkib topadi. Shu sababli tushunchaning 
mazmunini ochib berish uchun bir qancha hukm yurtishga to’g’ri keladi. Masalan, 
odam ongli mavjudotdir degan tushunchani oladigan bo’lsak, bu yerda odamning 
eng muhim xususiyati uning ongliligi ekani qayd qilinyapti. 
Tushunchalar odamning turmush tajribasi va bilimlarining ortishi jarayonida 
tarkib topa boradi. Ana shu jihatdan olganda maktabdagi o’qish jarayonida bolada 
asosan tabiat va jamiyat hodisalari haqida tushunchalar tarkib toptirishdan 
iboratdir. Demak, katta odamlarga nisbatan bolalarda hali tushunchalar juda oz 
bo’ladi. 
Odatda tushunchalar mohiyati jihatidan konkret va abstrakt tushunchalarga 
ajratiladi. Alohida olingan bir butun narsaga aloqador tushuncha konkret tushuncha 
deb ataladi. Masalan, stol, divan, qayrag’och, traktor va hokazo. Moddiy 
borliqdagi narsalardan fikran ajratib olingan ba'zi xususiyat, sifat, holatlarga, 
shuningdek narsalar o’rtasidagi ichki munosabatlarga, qonuniyatlarga qaratilgan 
tushunchalar abstrakt tushuncha deb ataladi. Masalan, og’lik, uzunlik, balandlik, 
kenglik, harakat, yorug’lik, qiymati haqidagi tushunchalar va hokazo. 
Tushunchalar ko’lami jihatidan 3 turga: yakka tushunchalar, umumiy 
tushunchalar va to’planma tushunchalarga bo’linadi. Yakka tushunchalar yakka 
narsa va hodisalar haqidagi tushunchadir. Bunday tushunchalarga sohibqiron Amir 
Temur, Mirzo Ulug’bek, Sirdaryo tushunchalarini misol qilib keltirsa bo’ladi. 
Yakka tushunchalarning xususiyati shuki, bu tushunchalarda hamisha aniq obraz 


202 
mavjud bo’ladi. Umumiy tushunchalarda bir jinsda bo’lgan ko’p narsa va hodisalar 
gavdalantiriladi. Masalan, kitob, maktab, yulduz, talaba va boshqalar. 
To’planma tushunchalar bir jinsda bo’lgan narsa va hodisalar to’plami 
haqida yaxlit fikr yuritiladigan tushunchadir. Masalan, paxtazor, kutubxona
yig’ilish va hokazolar. To’planma tushunchalarning bir qanchasi birdaniga tatbiq 
qilinganda umumiy to’planma tushunchalar bo’ladi. Masalan, Alisher Navoiy 
nomidagi Davlat Muzeyi tushunchasi, yakka to’planma tushunchaga oiddir. Guruh,
jamoa, xalq, millat va boshqalar, umumiy to’planma tushunchasiga misol bo’la 
oladi. Yetti og’ayni yulduzlar to’plami, Hamza teatri jamoasi, Paxtakor futbol 
jamoasi kabilar yakka to’planma tushunchalar jumlasiga kiradi.
Fikr yuritishda tushuncha bilan so’z o’zaro bog’liq ravishda namoyon 
bo’ladi. Bir tomondan so’z yordamisiz tushuncha vujudga kelmaydi, ikkinchi 
tomondan so’z tushunchaning moddiy asosi va funksiyasini bajaradi. Tushunchalar 
bir yoki undan ortiq so’zlardan tashkil topishi mumkin. Masalan, xalq degan 
tushuncha bir so’zdan, o’zbek xalqi ikki so’zdan qahramon o’zbek xalqi uch 
so’zdan, ozodlik uchun kurashayotgan xalqlar, degan tushuncha to’rt so’zdan 
tashkil topgan. 
Tushunchalar fikr yuritishning asosiy jarayonlari, ya'ni klassifikasiyalash, 
umumlashtirish va abstraksiyalash yordami bilan vujudga keladi. So’zlar, belgilar, 
simvollar, atamalar tafakkur jarayonida tushunchalarning mazmunini aks ettiradi. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin