O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə236/379
tarix11.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#132195
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   379
хайдаров, халилова 2009 умумий психол(1)

realistik va autistik
turlarga ajratiladi. 
Realistik tafakkur
qurshab olgan atrof-muhitni o’rganishga, aks ettirishga 
qaratilgan fikr yuritish bo’lib, u mantiqiy qonun va qoidalar yordami bilan 
voqelikni in'ikos qiladi. 
Autistik tafakkur
insonning hohish va istaklarini amalga 
oshirish bilan bog’liq ravishda sodir bo’ladi. Amalga oshirilishi lozim bo’lgan 
tafakkur harakatlari o’sha shaxsning o’z tilaklarini ro’yobga chiqarishga 
yo’naltirilgan fikr yuritilishdan iborat individuallik yoki individualistik tafakkurdir. 
Masala yechimini qabul qilishga va informasion tayyorgarlik ko’rishga 
qaratilgan fikr yuritish 
vizual tafakkur
deyiladi. Vizual tafakkur maqsadga 
muvofiq xarakatlar yoki anglanilmagan operasiyalar, chunonchi obrazlar 
manipulyasiyasi va transformasiyasi yordami bilan amalga oshiriladi va "aqliy 
anglanish"dan namoyon bo’ladi. 
Yirik sobiq sovet psixologlaridan biri 
Z.I.Kalmikova
o’z tadqiqotlarida 
tafakkurni produktiv va reproduktiv turlarga ajratib o’rgangan edi. qisqa vaqt 
birligi ichida yangi orginal fikrlar yaratish yoki muhim ilmiy, amaliy masalalarni 
hal qilish bilan belgilanadigan tafakkur produktiv tafakkur deb ataladi. 
Reproduktiv tafakkur esa passiv, tayyor mulohazalarni o’zlashtirib olishga va 
"tayyor holda" undan foydalanishga qaratilgan insonning bilish faoliyati 
ko’rinishidir.
Fazoviy tafakkur muammosi atoqli rus psixologi 
B.G.Ananev
va uning 
shogirdlari tomonidan tadqiq qilingan bo’lib, keyingi yillarda bu muammo 
yuzasidan taniqli psixolog 
I.S.Yakimanskaya
tomonidan kasb-hunar kolleji 
o’quvchilarida tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Fazoviy tafakkur deganda narsa va 
hodisalarning fazoda rasional joylashishi, zamon va makon munosabatlarini, 
murakkab bog’lanishlarini adekvat ravishda aks ettirishdan iborat fikr yuritish 


209 
jarayoni tushuniladi, tasavvurlar, xotira va xayol tasavvurlari bilan uzviy bog’liq 
holda namoyon bo’ladi. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin