O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə255/379
tarix11.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#132195
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   379
хайдаров, халилова 2009 умумий психол(1)

Ixtiyorsiz xayol
deb - odam o’zining oldiga hech qanday maqsad 
qo’ymasdan, irodani ishga solmasdan, qandaydir o’z-o’ziga obraz va tasavvurlarni 
yaratishiga aytiladi.
Ixtiyorsiz xayol shu topdagi kuchli ehtiyoj tufayli maydonga keladi. 
Masalan: odam juda tashna yoki juda och bo’lgan paytida uning xayolida har turli 
taomlar, daryo va buloq suvlari paydo bo’la boshlaydi. Odamning ayni shu 
chog’dagi hissiy holati, ya'ni his-tuyg’ulari ham ixtiyorsiz xayolning maydonga 
kelishiga sabab bo’ladi. Chunonchi, vahima yoki qo’rqinch hissi paytida odamning 
xayoliga qo’rqinchli narsalarning obrazlari kela boshlaydi.
Odamning tush ko’rishi ham ixtiyorsiz xayol faoliyatlaridan hisoblanadi. 
Yuqorida aytib o’tganimizdek, odam uxlay boshlagan paytda bosh miya po’stining 
hamma joylari tormozlanmay, ayrim joylari ishlab turadi. Ana shu ishlab turgan 
joylaridagi nerv hujayralarida ilgari hosil qilingan obraz va tasavvurlar qayta 
tiklanib, odam tush ko’ra boshlaydi. Bunda miya po’stining eng asosiy markazlari 
(ikkinchi signallar tizimi) tormozlangan bo’lgani tufayli hech qanday nazorat 
bo’lmaydi. Natijada obraz va tasavvurlar bir-biri bilan allaqanday munosabatlarga 
kirib, odam palapartish tush ko’ra boshlaydi. 
Ixtiyoriy xayol jarayonlari betartib ravishda, emas balki muayyan bir 
jarayonda o’tadi. Bu tartib odamning ehtiyojlari, maqsadlari, hissiyotlari fikr 
hamda maslaklari bilan belgilanadi.
Ixtiyoriy xayol
deb oldindan belgilangan maqsad asosida iroda kuchini ishga 
solib muayyan obraz va tasavvurlarni yaratishga aytiladi. Demak, ixtiyoriy xayol 
hamisha ma'lum maqsad va vazifalarni bajarish bilan bog’liq bo’ladi. Bunday 
maqsad va vazifalar boshqalar tomonidan qo’yilishi mumkin. Masalan, rassom o’zi 
ishlamoqchi bo’lgan suratning mavzusini o’zi belgilaydi. Yozuvchi yozmoqchi 
bo’lgan asarning mavzusini o’zi tanlaydi va o’zi badiiy obrazlarni yaratadi. 
Umuman san'at asarlarining hammasi ixtiyoriy xayol natijasida maydonga keladi.
Biroq shuni ham aytib o’tish kerakki, ixtiyoriy xayol ba'zan ixtiyorsiz 
xayolga o’tib ketishi mumkin. Shuning uchun ixtiyoriy xayol ixtiyorsiz xayoldan 
batamom ajralgan holda ro’y bermaydi. Ixtiyoriy xayol jarayoni hamisha beixtiyor 
qilinadigan xayol daqiqalarini o’z ichiga oladi. Masalan, rassomlar yoki 
kompozitorlar o’zlarining biror yangi asarlarini ixtiyoriy tarzda yaratayotganlarida


225 
ba'zan ixtiyorsiz ravishda ayrim fikrlarga berilib ketishlari mumkin.

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin