257
Biror qarorga kelish sur'ati bir qancha sabablarga, jumladan, ehtiyojga, hal
iluvchi motiv kuchiga, vaziyatga, hissiyotga tafakkur va xayolning taraqqiyot
darajasiga, kishining turmush tajribasi va bilimlariga, temperamenti va xarakteriga,
boshqa kishilarning nasihat, buyruq, iltimos takliflariga quloq solishiga bog’liq
bo’ladi. Biror qarorga kelish sur'ati asosan qo’yilgan maqsadning ahamiyatiga,
biror qarorga keltiruvchi faoliyatning xarakteriga bog’liq bo’ladi.
Murakkab tarzdagi motivlar kurashi va qarorga kelish faqat shunday
hollarda bo’ladiki, bunda odamning hayoti va faoliyati uchun ayniqsa muhim
ahamiyatga ega bo’lgan yangi maqsadlar qo’yiladi va bu maqsadlarni amalga
oshirish uchun yangicha usullar va vosita talab qiladi.
Qat'iyat faqat tezlik bilan qarorga kelishdagina emas, shuningdek bu qarorni
tez va dadil bajarishda ham zohir bo’ladi. Tezlik bilan qarorga kelish va uni aniq
belgilangan muddatda bajarish - qat'iyatni namoyon qilish demakdir.
Qaror qabul qilinsa-yu, keyin o’zgartirilsa, yoki boshqa qaror bilan
almashtirilsa, yoxud butunlay bekor qilinsa, bunday qarorni yuzaki yoki
Dostları ilə paylaş: