265
oladigan hamma narsaga qarshi tura oladigan, bu to’sqinliklarni yenga oladigan
matonatli kishilardir.
Sabot-matonat irodaning chidam va toqat degan sifati bilan ham
chambarchas bog’liq.
Maqsadga yetishda bartaraf qilinadigan to’sqinlik va qiyinchiliklar kishidan
kuch va vaqt sarf qilishni talab etibgina qolmay, balki ko’pincha jismoniy va ruhiy
azob beradi ham.
Kishining o’z faoliyatida ba'zan sovuq va issiqdan, yomg’ir va qordan, qattiq
toliqish, och qolishdan, hamma turli kasalliklardan azob chekadigan kishi o’z
oldiga qo’ygan maqsadiga sodiq bo’lib shu maqsadga yetishga intilaversa, bunday
intilishlarda ko’rinadigan iroda chidam va toqat deb ataladi. Odamning
organizmidagi yemirilish jarayonlarini yengishda ifodalanadigan ajoyib iroda
o’zini tuta bilish va matonatda ko’rinadi. Bu borada quyidagi misolni keltirib
o’tish joiz.
Sobiq sovet uchuvchisi Alievning bir o’zi havo jangida dushmanning yettita
samolyotiga qarshi mardonavor kurashdi va hammasini urib tushirdi. Kuchlar teng
bo’lmagan bu jangda Alievning samolyotini dushman o’qlari teshib yuborgan edi.
Aliev o’zi bir necha bor yaralandi. Ammo u o’zini yo’qotib qo’ymay, samolyoti
bilan o’z aerodromiga borib qo’ndi. Aerodromiga yetib borguncha dushman
egallab olgan yerlardan uchib o’tishi kerak edi. Dushmanning zenit to’plari
Alievning samolyotini qattiq o’qqa tutdi va samolyotining bir necha joyini snaryad
parchalari teshib yubordi. Uchuvchi yana bir necha marta yaralandi. Lekin Aliev
bu safar ham sarosimaga tushmay samolyotini boshqarib boraverdi va uni o’z
aerodromiga eson-omon qo’ndirdi. Samolyot kabinasi ochilganda uchuvchi o’lgan
edi. U ikki qo’lidan, oyog’idan, kuragidan, yelkasidan, orqasidan, jag’idan va
boshidan yaralangan edi. Vrachning aniqlashishicha, og’ir yarador bo’lgan
Alievning bu holda ucha olishi sira mumkin emas edi. Ammo Aliev samolyotini
boshqarib, aerodromga to’g’ri qo’na olgan. Uchuvchining irodasi va o’zini tuta
bilishi tufayli o’qning yemiruvchi kuchlaridan g’olib kelib, umrining so’nggi
daqiqalarini cho’zishga erisha oldi.
Sabot-matonatli chidamli va toqatli kishilar maqsadga yetishishda va
qiyinchiliklarga qarshi kurash jismoniy va ruhiy azoblarga hamda boshqa
mashaqqatlarga chiday oladilar. Ular har qanday vaziyatda o’zlarini tuta oladilar,
jasurlik, mardlik, botirlik, qat'iyat ko’rsata oladilar .
Bunday xarakterli kishilarga optimallik kayfiyati, hayotga quvnoqlik bilan
qarash, porloq kelajakka doim ishonch bilan boish, boshqa kishilarga o’z kuchlari
va mehnat imkoniyatlariga yetishish kabi xislatlar xosdir.
O’zini tuta bilish jasurlik sabot-matonat, chidam va toqatda ko’rinadigan
kuchli iroda mardlik deb ataladi. Shu sifatlar bilan farq qiladigan kishilar esa
Dostları ilə paylaş: