32
olovga sepadi va so’ng mevani olib yeydi. Keyinchalik suv to’ldirilgan bak boshqa
stolga ko’chiriladi. Maymun bir stoldan, ikkinchisiga o’tish uchun uzun ko’prik
yasab ko’prik orqali boshqasiga o’tgan va bakdan krujkaga suv to’ldirib yana
org’asiga qaytgan, nihoyat olovni o’chirib, mevani olib yegan. Aynan maymun
atrofida suv turib bundan foydalanmagani qiziqdir. Bu maymunda umumlashtirish
xususiyati yo’qligidan dalolat beradi, ya'ni har qanday suv olovni o’chira olishini
maymun mutloqo tushunmaydi, u o’zi ko’rgan ishini, ya'ni bakdan olingan suv
bilan olovni o’chirishnigina qila oladi, xolos. Bulardan ma'lumki, aqlni ishlatish
bilan biror bir masalani hal qilishda maymun masalani yechishni barcha zarur
shartlarini ko’ra olmaydi, ulardan faqat ayrimlarinigina fahmlaydi, xolos.
Maymunlarning intellektual harakatlari har qanday harakatlarni sinab ko’rish
jarayonida aniq amaliy tafakkur tarzida sodir bo’ladi. Taqlidchanlik - maymunlar
hulq-atvorining xarakterli xususiyatidir. Masalan, maymun supurgi bilan polni
supuradi va "lattani ho’llab siqadi", "polni artadi", "yuvadi". Odatda, maymunlar
harakatning natijasiga emas, balki harakatning o’ziga taqlid qiladilar. Maymun
polni supurar ekan, axlatni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirib yuraveradi-yu, lekin
axlatni poldan tozalab ola bilmaydi.
Shunday tadqiqot o’tkazilgan uyga bo’sh chelak va quruq latta qo’yilgan.
Maymun latta bilan polni artadi va har safar u lattani chelakka tushurib aylantirib
siqadi, bu ishni maymun farrosh qilgani kabi bajaradi. Shuningdek, maymun qalam
bilan daftarga "yozadi" (chiziqlar chizadi) va unga diqqat bilan qaraydi.
Maymunga qalam o’rniga tayoqcha berilsa, qam u "yozishni" davom ettiradi.
Intellektual harakatning natijasiga taqlid qilish maymunlarda uchramaydi.
Amerikalik olimlar
Dostları ilə paylaş: