289
4.
Джемс В. Психология.- М., 1991
5.
Ильин Е. П. Мотивация и мотивы. — СПб.: Питер, 2000.
6.
Karimova V.M. Psixologiya T-2002 y
7.
Маклаков А.Г Общая психология М.; “Питер” 2003
8.
Немов Р. С. Психология: Учебник для студ. высш. пед. учеб.
заведений: В 3-х кн. Кн. 1:Общие основы психологии. — 2-е изд. — М:
Владос, 1998.
9.
Общая психология: Курс лекций/ Сост. Е.И.Рогов.-М.: Владос, 1995
10.
Psixologiya qisqacha izohli lug’at T-1998 y
11.
Рубинштейн С. Л. Основы общей психологии. — СПб.: Питер, 1999.
12.
Рубинштейн С.Л. Основы общей психологии.-СПб.: «Питер» 1999
13.
Теплов Б. М. Избранные труды: в 2-х т. Т. 1. — М.: Педагогика, 1985.
14.
Turg’unov Q. Psixologiya terminlarining ruscha-o’zbekcha izohli lug’ati T;
"O’qituvchi" nashriyoti 1975 y
15.
Umumiy psixologiya (A.V.Petrovskiy tahriri ostida) T; "O’qituvchi" 1992 y
16.
Xaydarov F.I O’quv faoliyati motivasiyasi T; "Fan" 2005 y
17.
G’oziev E.G’.,Jabborov A. Faoliyat va xulq-atvor motivatsiyasi T-2003 y
18.
G’oziev E.G’ Umumiy psixologiya 1-2 kitob T-2002 y
5. BO'LIM SHAXSNING INDIVIDUAL PSIXOLOGIK
XUSUSIYATLARI
TEMPERAMENT
Temperament haqida tushuncha
Insonning ruhiy olami beto’xtov harakatlar majmuasidan iborat bo’lib, biri
ikkinchisini bevosita taqazo etadi va ular uzluksiz zanjir tizimiga o’xshash tarzda
hukm suradi. Xuddi shu bois shaxs ruhiyatida tashqi atrof-muhit to’g’risidagi
taassurotlar, o’tmish xotiralari, kelajak
yuzasidan ijodiy xayollar, ezgu niyatlar,
xohish istaklar,
maqsad va tilaklar, mulohaza, fikr va muammo,
hissiy
kechinmalar, irodaviy sifatlar uzluksiz tarzda o’zaro o’rin almashtirib turish
evaziga ontogenetik dunyoga mustahkam negiz hozirlanadi. Ruhiy olam kechishi,
uning sur'ati, mazmuni, shakli, ko’lami, xususiyati, xislati, sifati,
mexanizmi
alohida, yakkahol insonda rang-barang tarzda namoyon bo’lishi kuzatiladi.
Shuning uchun bo’lsa kerak, insonlar tabiat hodisalariga, ijtimoiy turmush
voqeliklariga,
omillariga, ta'sir kuchlariga tez yoki sekin, engil yoki mushkulot
bilan javob qaytarishga moyillik ko’rsatadilar.
Psixologiyada temperamentga taalluqli individual
dinamik xususiyatlar
o’rtasida muayyan darajada tafovut mavjudligi alohida ta'kidlanadi, ular orasidagi
farqlarni ajratib ko’rsatish maqsadida quyidagicha belgilar kiritiladi va o’ziga xos
tarzda tavsiflab beriladi, ularning ayrimlarini ajratib ko’rsatish maqsadga muvofiq:
1.
Favqulotda temperamentning bir xil xususiyatlari motiv, psixik holat va
hodisalardan farqli o’laroq, aynan shu shaxsning o’zida, uning turli faoliyatlarida,
muomalasida ifodalanadi.
290
2.
Temperament xususiyatlari tabiiy shartlanganlik omiliga taalluqli bo’lganligi
tufayli inson hayoti va faoliyatining (umrining) davomida yoki uning muayyan bir
bo’lagida (ta'sirga beriluvchanligi sababligidan qat'iy nazar)
barqaror, o’zgarmas
va mustahkamdir.
3.
Yakkahol shaxsga dahldor temperamentning turli xususiyatlari o’zaro bir-
biri bilan g’ayriqonuniy ravishda birlashgan bo’lmasdan, balki ular o’zaro bir-biri
muayyan qonuniyat asosida mujassamlashib, xuddi shu xususiyatlar uning tiplarini
tavsiflovchi o’ziga xos tuzilmani vujudga keltiradi.
Psixologiya fanida
Dostları ilə paylaş: