O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/379
tarix11.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#132195
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   379
хайдаров, халилова 2009 умумий психол(1)

2.BO'LIM. MULOQOT. FAOLIYAT. SHAXS 
FAOLIYAT 
Faoliyat haqida tushuncha 
Odam tabiati jihatidan faol mavjudotdir. U ma'lum faoliyatda bo’lmasdan 
yashay olmaydi. Inson faoliyatining turi juda ko’p bo’lib, ulardan eng muhimi 
ijtimoiy qiymatga ega bo’lgan ishlab chiqarish mehnatdir. Odam har doim jamoada 
bo’lib mehnat qiladi va mehnat natijalarini ham jamoa turmush tarzini 
o’zlashtiradi. har bir tirik organizmning faolligi uning ehtiyojlarini qondirilishiga 
qaratilgan bo’ladi. Anglab bo’lmaydigan va anglab bo’ladigan tabiiy yoki
madaniy, yoki ma'naviy, shaxsiy yoki ijtimoiy-shaxsiy ehtiyojlar odamda har turli 
faollik tug’diradi. Ma'lumki, inson faoliyati jarayonida ma'lum bir mahsulotni 
yaratadi va undan ishlab chiqarish jarayonida foydalanadi. Aynan faoliyatda 
erishilayotgan muvaffaqiyatini ta'minlovchi bir qator omillar mavjud. Shular 
jumlasiga ob'ektiv va sub'ektiv omillarni kiritish mumkin va u quyidagi jadvalda 
aks ettirilgan.


64 
Agar hayvonlarni xatti-harakatlari bevosita tevarak-atrofdagi muhit bilan 
belgilansa, odamning faolligi esa ilk yoshlik davridan boshlaboq, butun 
insoniyatning tajribasi va jamiyat talabi bilan boshqariladi. Shu bois "faoliyat", 
"faollik", "xatti-harakat" tushuncha-larining mazmun mohiyatini anglab olish 
lozim. Shunga ko’ra adabiyotlarda mazkur tushunchalarga berilgan ta'riflarga 
asosiy e'tiborni qaratish lozim. 
A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan "Umumiy psixologiya" darsligida: 
"Faoliyat
- kishining anglangan maqsad bilan boshqarilib turiladigan ichki 
(psixik) va tashqi (jismoniy) faolligidir" -deb ta'riflanadi. M.G.Davletshin 
muallifligida chop etilgan "Psixologiya" qisqacha izohli lug’atida: 
"Faollik
- tirik 
materiyaning umumiy xususiyati, tevarak-atrofdagi muhit bilan o’zaro ta'sirida 
namoyon bo’ladi. Psixik faollik bu o’zaro ta'sir shu asosda faollik ko’rsatish bilan 
tavsiflanadi"-deya
ta'riflangan.
Faoliyat 
- insoniyatga xos ong bilan boshqariladigan ehtiyojlar tufayli, 
paydo bo’ladigan va tashqi olam bilan kishining o’z-o’zini bilishga, uni qayta 
qurishga yo’naltirilgan faolligidir. 
Harakat
- maqsadga muvofiq yo’naltirilib, ongli ravishda amalga 
oshiriladigan harakatlar yig’indisi. Harakat ongli faoliyatlarning tarkibiy qismlari 
va motivlaridan biridir.
Q.Turg’unovning "Psixologiya" terminlarining qisqacha ruscha-o’zbekcha 
izohli lug’atida: 
Faollik
- shaxsning ehtiyojlarini qondirish uchun voqelikni 
o’zlashtirishga qaratilgan muhim qobiliyatidir. Faollik ixtiyoriy va ixtiyorsiz 
bo’lib, kishining faoliyati mehnat, o’qish, o’yin, ijtimoiy hayot, sport, ijod 
kabilarda yaqqol namoyon bo’ladi"- deb ko’rsatiladi. 
Faoliyat
- inson hayotining uning voqelikka nisbatan faol munosabatining 
ro’yobga chiqish shakli. harakat - maqsadga muvofiq yo’nal-tirilib, ongli ravishda 
amalga oshiriladigan harakatlar yig’indisi ongli faoliyat tarkibiy qismlari va 
motivlaridan iborat.
V.M.Karimovaning "Psixologiya" o’quv qo’llanmasida quyidagicha ta'riflar 
uchraydi: 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin