15
birga butun organizmni markaziy nerv tizimi bilan bog’lovchi nervlardan tashkil
topadi.
Bosh miyadan 12 juft, orqa miyadan esa 31 juft nervlar chiqadi. Periferik
nervlarning ikki turi: sezuvchi va harakat nervlari farqlanadi. Sezuvchi nervlar nerv
uchlaridagi tuzilmalarda ta'sirlovchilar tufayli hosil bo’lgan qo’zg’alishni
markazga, ya'ni orqa miya va bosh miyaga yetkazib beradi. Ushbu nervlar
boshqacha qilib aytganda, qo’zg’alishni qabul qiluvchi markazga intiluvchi yoki
afferent nervlar deyiladi.Harkatlantiruvchi (motor) nervlar markazdan kelayotgan
impulslarni muskullarga va bezlarga yetkazadi. Bu nervlarni markazdan qochuvchi
yoki efferent nervlar deb ham ataladi.
Vegetativ nerv tizimi - orqa miya bo’ylab va undan chetda joylashgan nerv
tizimlari alohida tutamlar va nerv tugunlarining chigallaridan iboratdir. Vegetativ
nerv tizimining alohida tutamlari ovqat hazm qilish, qon aylanish, nafas olish va
boshqa organlarida joylashgan bo’lib, ichki organlarning faoliyatini idora qiladi.
Vegetativ nerv tizimidan (uning markazlari gipotalamusda orqa miyaning
kurak va yuqori bel segmentlarida joylashgan) va parasimpatik nerv tizimidan
(uning markazlari o’rta miyadagi turli tepalikda Varoliy ko’prigida, uzunchoq
miyada va orqa miyaning dumg’aza qismida joylashgan) iborat.
Simpatik va parasimpatik nerv tizimi ichki a'zolar faoliyatini idora qilishda
o’ziga xos "antagonistlar" qarama-qarshi bo’lib, bir organ faoliyatini qarama-
qarshi holatga keltiradi.
Masalan, simpatik tizim yurak faoliyatini tezlashtirsa, parasimpatik tizim esa
bu faoliyatni susaytiradi. Organizmning me'yordagi faoliyati simpatik va
parasimpatik vegetativ nerv tizimining ma'lum bir "muvozanatida" saqlanadi.
Vegetativ nerv tizimi emosional kechinmalarda katta rol o’ynaydi.
Odamning ko’pincha psixik jarayonlarini, xususiyatlarini va holatlarini idora
etishda retikulyar formasiya alohida rol o’ynaydi. Retikulyar formasiya orqali
miyada uzunchoq va keyingi miyada joylashgan nerv tolalari tarmoqi bilan o’zaro
birikkan to’rsimon tuzilmadir. U bosh miyaning elektrik faoliyatiga, bosh miya
qobig’ining funksional holatiga, qobiqosti markazlariga, miyachaga va orqa
miyaga ta'sir qiladi.
Ilmiy psixologiyada miya psixikaning organi sifatidagi o’rganish tarixi
ikkita yo’nalishda borgan organizm va muhit munosabatlarini idrok etish asoslarini
o’rganish va miyaning alohida tuzilmalarini morfologiyasi va funksiyasini
ochishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: