108
mavjudot sifatida e'tirof etiladi. Shu bois, insonlar jamoasi, ijtimoiy tarixiy
jarayonlarining ta'sirida kamolga etadi.
Shaxsning psixologik tuzilishi modellari tahlili
Shaxsning tuzilishi to’g’risidagi muammo o’zining tadqiqot doirasi
predmetidan tashqariga chiqadi. Shaxs tuzilishiga oid ilmiy tasavvurlarning
yaratilishi, ishlab chiqilishi yaxlit nazariyaning zaruriy sharti hisoblanib, insonning
ijtimoiy mohiyati qirralarini ochish imkoniga egadir. Xuddi shu boisdan
psixologiya hamda uni talqin qilish yuzasidan falsafa, pedagogika, tibbiyot singari
fanlarning namoyondalari tomonidan turlicha fikrlar bildirilayotganligi keltirib
chiqarilayot-ganligi bunga yaqqol misoldir.
Psixologiya fanida shaxsga strukturaviy yondashish bo’yicha eng salmoqli
ilmiy izlanishlar amalga oshirilganligi qonuniy holat bo’lib, shaxs tuzilishning
xilma-xil modeli yaratilganligi fikrimizning yorqin dalilidir.
B.G.Anan'evning
fikricha, psixologik hodisalarni aql (intellekt), hissiyot (emosiya) va irodaga
ajratish jarayonini inson psixologiyasida strukturaviy yondashish tajribasining
dastlabki ko’rinishi bo’lib, uning qaqchilligi ko’pgina psixologlar tomonidan tan
olingan
Dostları ilə paylaş: