O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/379
tarix11.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#132195
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   379
хайдаров, халилова 2009 умумий психол(1)

N.I.Raynvaldning
fikricha, 


110 
shaxsning tuzilishi va uning har bir qiyofasi (timsoli) uch mezon asosida tahlil 
qilinishi lozim: 
1.Orientirovka darajasi va anglanganlik xususiyati; 
2.U yoki bu ehtiyojiy holatlarni harakatlantirishning xususiyati hamda 
tashkiliyligi; 
3.Insonning emosional irodaviy bilishga oid sifatlarini namoyon bo’lishining 
jadalligi, jiddiyligi va zo’riqishi va boshqalar
N.I.Raynvaldning 
izohlashicha, 
faollikning 
regulyasiyasida 
psixik 
funksiyalarni umumlashgan guruhlashtirish uch o’lchovli (mezonli) tasnifi aql 
(intellekt), hissiyot (emosiya) va iroda mohiyati zimmasiga tushishi, shaxs 
tuzilishini temprament, xarakter va qobiliyatlarga, ikkinchi tomondan esa 
ekstroversiya, introversiya omillariga ajratilishiga barham beradi. 
N.I.Reynvaldning ushbu yondashuvi 
A.R.Luriyani
miya faoliyatining uch 
blokli rolli tasnifiga bevosita mos tushadi, chunonchi aql (intellekt) ko’p qollarda 
informasion blok orqali amalga oshadi, iroda (tashkililik) programmalashtirish 
bloki bilan bog’liq, xilma-xil emosional holatlar (hissiyot) yuzaga kelishining 
negizida "energetik" blok yotadi.
Aql, hissiyot, iroda va ularni ro’yobga chiqaruvchi miyaning bloklari, 
harakatlantiruvchilarni emas, balki o’zaro uzviy bog’liq bo’lgan insonning atrof-
muhitga nisbatan munosabatining uch tomonini anglatadi. Keltirilgan fikr 
mulohazalardan shuni xulosa qilish mumkinki, shaxsning tuzilish tarkibi, uning 
o’ziga xos individual xususiyatlari bilan belgilansa, ayrim olimlar tomonidan 
tashqi ob'ektiv omillar asosida yuzaga kelishi ko’rsatib o’tilgan.
Tayanch tushunchalar 
Autizm
(yunon. auto - o’zim) - individning o’zini atrofdagi odamlardan 
chegaralab, o’zining kechinmalariga berilishdan iborat psixologik begonalashuv.

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin