18
Fanda ilmiy soha sifatida frenologiyaning asoschisi
F.Gall
XIX asrning
boshlarida odamning turli qobiliyatlari, hatto kalla suyagining yuza qavatdagi turli
nerv to’qimalari uchrab turadigan joyning kuchliroq rivojlanishi bilan bog’liq deb
isbot qilishga harakat qilgan. Alohida psixik funksiyalarning bosh miyasini ma'lum
bir qismlariga tegishli ekanini, uning lokal (joylashish) jarohatlanganligida
kuzatishgan. Shu yo’l bilan chap yarim sharining uchinchi peshona burilishida nutq
artikulyatsiyasini (talaffuzini) amalga oshiradigan Broka markazi (uni aniqlagan
fransuz anatomi P.Broka nomi bilan atalgan) so’ngra esa o’sha chap yarim
sharining yuqori chakka burmasining orqa qismida "nutqni tushunishini idora
qiladigan" Vernike markazi (uni ochgan nemis psixiatri K.Vernike nomi bilan
atalgan) ajratilgan. Mashhur neyropsixolog
A.R.Luriyaning
fikricha, aynan
shuning uchun miyaning cheklangan
sohalaridagi psixik funksiyalarni
"lokalizasiyalash" vazifasi "ushbu funksional tizimni amalga oshiradigan
birgalikda ishlovchi miya zonalarining o’sha tizimini tahlili, boshqacha aytganda
qanday qilib funksional tizim bosh miya apparatlari bo’ylab, tegishli tizimlar
bo’ylab, joylashganligini tahlili" vazifasi bilan almashtirilishi lozim.
Inson miyasining funksional tuzilishini A.R.Luriya 3 ta blokka ajratadi: 1-
blok - energetik blok, u miya po’stloq qismining normal ishlash tonusini
ta'minlaydi. Miya po’stining yuqoridagi qismida joylashgan. 2-blok - axborotlarni
qabul qilish, qayta ishlash va saqlash bloki (ikkala yarim sharlarning orqa qismiga
tepa chakka va ensa qismlariga joylashgan).
3-blok - faoliyatni dasturlashtirish, boshqarish va nazorat qilishni ta'minlaydi
(peshona qismida joylashgan).
Odam va hayvonlar miyasining funksional tizimida muhim farqlar
kuzatiladi. hayvonlarning ikkala yarim sharlari bir xil qiymatga ega bo’lgan bir
vaqtda odamning chap yarim shari odamda dominanta (hukmron) bo’lib, o’ng
miya yarim shari esa unga bo’ysungandir va bu o’ng qo’lning yetakchi roli bilan
bog’langan (chapaqaylarda bunday dominantlik yoki o’chib ketadi, yoki o’ng
yarim sharga o’tadi).
Chap miya yarim sharida odamning xatti-harakati va faoliyatining murakkab
shakllarini idora etish bilan bog’liq bo’lgan nutq markazlari joylashgan.
Bu markazlarning buzilishi mantiqiy-grammatik operasiyalarning (semantik
afaziya) va tafakkurning ijodiy shaklarini buzilishiga olib kelsa, ayni shu damdagi
o’ng miya yarim shar xuddi shunday sohalarining buzilishi esa idrokning tasavvur
komponentlarini va emosional jarayonlarini buzadi.
To’plangan ilmiy ma'lumot asosida shuni ta'kidlash mumkinki, chap miya
yarim sharining miya o’ng yarim sharining ishiga nisbatan differensiyalashganidir.
Odam bosh miyasi, miya katta yarim sharlarining ixtisoslashgan
funksiyalarining mavjudligi haqidagi ma'lumotlar quyidagi jadvalda keltirilgan.
№
Dostları ilə paylaş: