O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə157/379
tarix11.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#132195
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   379
хайдаров, халилова 2009 умумий психол(1)

vibrasiya sezgilari
deyiladi. 
Masalan,
karlarni tovushlarni 
idrok qilishi. Odatda vibrasion sezgirlik intermodal sezgi deb ham nomlanadi. 
Uning quyidagi ko’rinishlari qam mavjud:
a) hid, ta'm va maza sezgilarida; 
b) o’ta kuchli tovushda, o’ta yorqin yorug’likda; 
v) uch xil ta'sirning uyg’unlashgan integrativ holatida
;
Sezgining nospesifik shakliga terining foto sezgirligi kirib, u ranglarni, nozik
jumlalarni ajratish, qo’l uchlari bilan sezish orqali ro’yobga chiqadi. Terining foto 
sezgirligi A.N.Leontev tomonidan kashf qilingan bo’lib, bu narsa ko’pgina 
holatlarga oqilona yondashish imkoniyatini vujudga keltiradi. Tadqiqot asosan qo’l 
uchiga yashil va qizil ranglarni yuborish orqali amalga oshirilgan. Terining foto 
sezgirligi tabiati psixologiyada yetarli darajada o’rganilmagan. 
Sezgi turlari 
Psixologiya fanida uchta katta guruhga ajratilgan sezgilar (ekstroreseptiv,
proprioreseptiv, introreseptiv) o’z navbatida quyidagi turlarga ajratiladi:
-
Ko’rish sezgilari; 
-
Eshitish sezgilari; 
-
Hid bilish sezgilari; 
-
Ta'm bilish sezgilari; 
-
Teri sezgilari; 
-
Muskul - harakat (kinestetik); 
-
Statistik sezgilar; 
-
Organik sezgilar; 
Ko’rish sezgilari 
Insonlar tomonidan rang va yoruqlikni sezish ko’rish sezgilari orqali amalga 
oshadi va seziladigan ranglar 
xromatik va axromatik
turlarga bo’linadi. 
Psixofiziologik qonunga ko’ra yoruqlik nurlari uchburchak shisha prizma orqali 
o’tib singanda hosil bo’ladigan rang 
xromatik ranglar
deb atalib, ularga kamalak 
ranglar, ya'ni qizil, zarg’aldoq, sariq, yashil, havo rang, ko’k, binafsha tuslarini 
qamrab oladi. Odatda oq rang, qora rang, kulrang va ularning turlicha ko’rinishlari

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin