176
bir so’z yoki tushuncha bilan aytadi, nomlaydi, xususiyatlarni ajratib ko’rsatadi,
aniq bir kategoriya mohiyatiga kiritadi.
Demak, tasavvur obrazlarida odamning xotirasi idrok qilingan narsalarning
izini sust ravishda saqlab balki, bir qator tasavvur bilan boyitadi, narsa mazmuni va
mohiyatini tahlil qilib, u haqida o’z bilimlari, tushunchalari kabilarni tajriba bilan
bog’lovchi ijodiy sermahsul faoliyatni amalga oshiradi. Bularning barchasi
irodaviy sifatlar, aqliy zo’riqish, asabiy taranglashuv natijasida ruyobga
chiqishidan dalolat beradi.Tasavvur obrazlari xotiraning murakkab faoliyati
mahsuli bo’lib, ular izchil yoki eydetik obrazlarga nisbatan murakkab psixologik
hodisadir.
Tasavvur obrazlari xotira izlarining murakkab turi bo’lib uning aqliy jarayon
bilan yaqinligi inson bilish faoliyatini muhim tarkibiy qismidan iborat ekanligidan
dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: