183
Materialni eslash uchun bo’lgan kuchli xohish natijasida tormozlanish
yuzaga keladi, bu esa materialni qayta esga tushirishdagi qiyinchilikni kuchaytirib
yuborishi mumkin. Vaqt o’tishi bilan ishga chalqib ketgan insonlarda tormozlanish
tarqab ketadi. Shunda esga tushirish lozim bo’lgan narsa xotiraga kiradi. Materialni
mustahkamlashga bo’lgan qiziqishning bo’lishi materialni uzoqroq esda saqlashga
olib keladi. Unutish vaqtga bog’liq bo’ladi. Bu G.Ebbingauz tomonidan aniqlangan
bo’lib, unutish materialni yod olingandan keyin darhol ayniqsa tez ro’y beradi,
undan keyin esa unutish ancha sekinlashadi.
G.Ebbingauz unutishning vaqtga bog’liqligini tajriba orqali aniqlagan.
To’plangan natijalarning ko’rsatishicha, materialni yod olgandan so’ng unutish
sur'ati tez keyinchalik esa u birmuncha sekinlashadi. Bu qonuniyat ma'nosiz ayrim
bo’g’inlarni unutish ustida olib borilgan ishlarida tasdiqlangan. Tajribalarning
ko’rsatishiga qaraganda, o’rganilgan narsalar bir soatdan keyin unutiladi.
Materialni o’zlashtirish jarayoni maboynida xotirlash natijasida unutish sekinlashib
boradi. Muvaqqat asab bog’lanishlari susayishi natijasida qachonlardir sodir
bo’lgan narsa va hodisalarning o’zaro aloqalari xotirada asta-sekin yo’qolib boradi.
Vaqtning o’tishi bilan birmuncha unutilib ketilayotgan vaqtli bog’lanishlarni, ya'ni
assosiasiyalarni qaytadan tiklash jarayoni kuch-quvvat, xatti-harakatlarni talab
qiladi.G.Ebbingauzning izdoshlari va shogirdlari tomonidan o’tkazilgan juda ko’p
tadqiqotlarning ko’rsatishicha, unutish sur'ati materialning ma'noli yoki
ma'nosizligiga, uning qanchalik anglanilganligiga bog’liqdir. Material qanchalik
mazmundor anglanilgan tushunib olingan bo’lsa, u holda unutish ham shunchalik
sekin kechadi. Lekin ma'noli materialga nisbatan ham unutish avval tez sur'atda
bo’lib, keyinchalik esa u sekinlashadi. Biron-bir materialni o’zlashtirish yoki esda
olib qolish insonning ehtiyojlari, qiziqishi, faoliyatning maqsadi bilan bog’liq
bo’lsa, bu material sekin unutiladi.
Unutishning tezligi esda olib qolingan materialning mustahkamligiga teskari
proporsional xususiyat kasb etadi. Demak, esda olib qolishning mustahkamligiga
o’zlashtirilayotgan materialning ma'noga ega yoki ega emasligiga bog’liqlikdan
tashqari yana bir nechta omillar o’z ta'sirini ko’rsatadi va uning faoliyat
mazmuniga aylanishiga ham bog’liq. Shuningdek, ular shaxsning shaxsiy,
individual xususiyatlariga ham bevosita bog’liqdir.
Dostları ilə paylaş: