197
qo’llashni tavsiya etmoqdalar. Ammo o’quv faoliyatining turli-tumanligi dars
jarayonida har xil umumlashtirish usullaridan foydalanish kerakligini taqazo qiladi.
Psixologiyada umumlashtirishning keng qo’llaniladigan ikki turi:
tushunchali umumlashtirish va hisssiy-konkret umumlashtirish yuzasidan ko’proq
fikr yuritiladi. Tushunchali umumlashtirishda predmetlar ob'ektiv
muhim belgi
asosida umumlashtiriladi. hissiy-konkret umumlashtirishda esa predmetlar
topshiriq talabiga binoan tashqi belgi bilan umumlashtiriladi. Psixologlar noto’g’ri
umumlashtirishning hissiy-konkret umumlashtirishdan tafovuti borligini hamisha
ta'kidlab kelmoqdalar. O’quvchi va talaba ba'zan predmetlarni muhim bo’lmagan
belgisiga asoslanib noto’g’ri umumlashtiradilar, vaholanki,
topshiriq shartida bu
talab ular oldiga mutlaqo qo’yilmaydi. Lekin bu nazariyaning qimoyachilari
noto’g’ri umumlashtirishni alohida tur deb hisoblaydilar.
Umumlashtirish, abstraksiyalash operasiyasidan ajralgan holda sodir
bo’lmaydi, har qanday umumlashtirish asosida abstraksiyalash jarayoni yotadi.
Umumlashtirish jarayoni abstraksiyasiz mavjud bo’lishi mumkin,
lekin
abstraksiyasiz umumlashtirishning yuzaga kelishi mumkin emas. Agar
abstraksiyalash faoliyatida narsa va hodisalarning o’xshash hamda muhim belgilari
tasodif belgilardan fikran ajratib olinsa, umumlashtirishda esa ajratib olingan
o’xshash, umumiy va muhim belgilarga suyangan
holda narsa va hodisalar
birlashtiriladi.
Umumlashtirish jarayoni so’z ta'sirida vujudga kelgan ikkinchi signallar
tizimiga asoslanadi. Akademik
I.P.Pavlov
fikricha, nutq
signallari tufayli nerv
faoliyatining yangi tamoyili abstraksiyalash va shu bilan birga oldingi tizimning
behisob signallarini umumlashtirish vujudga keladiki, bunda ham o’z
navbatida
ana shu umumlashtirilgan yangi signallar tag’in analiz va sintez qilinaveradi. Fikr
yuritishning umumlashtirish operasiyasi har xil asoslarga ko’ra turlarga bo’lib
o’rganiladi. Umumlashtirishni mazmuniga ko’ra tushunchali umumlashtirish va
yaqqol-ko’rgazmali yoki elementar umumlashtirish turiga ajratish qabul qilingan.
Tushunchali umumlashtirish orqali ob'ektiv qonuniyatlarni muhim belgilari
bo’yicha birlashtirish amalga oshiriladi. Bunda
muhim belgilar umumlashtirilib,
ob'ektiv
qonuniyatlarni
ochish
mumkin
bo’ladi.
Yaqqol-ko’rgazmali
umumlashtirishda narsa va hodisalar tashqi hamda yaqqol belgilar bo’yicha
umumlashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: