O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə223/379
tarix11.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#132195
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   379
хайдаров, халилова 2009 умумий психол(1)

Konkretlashtirish 
- hodisalarni ichki bog’lanish va munosabatlardan qat'iy 
nazar bir tomonlama ta'kidlashdan iborat fikr yuritish operasiyasidir. 
Umumiy mavhum belgi va xususiyatlarni yakka yolg’iz ob'ektlarga tadbiq 
qilish bilan ifodalanadigan fikr yuritish operasiyasi insonning barcha faoliyatlarida 
faol ishtirok etadi. Voqelik qanchalik yaqqol shaklda ifodalansa, inson uni 
shunchalik oson anglab yetadi. Insonlar dastavval tevarak atrofni aniq belgilariga 
asoslanib, aniq holda aks ettirganlar, yaqqol obrazlarga suyanib tasavvur qilish 
imkoniyatiga ega bo’lganlar, shu boisdan to hozirgi kunga qadar aniqlik belgisi har 
qanday inson zoti uchun eng yaqin belgi bo’lib isoblanadi. 
Psixologlar tadqiqotlarining ko’rsatishiga qaraganda konkretlashtirish 
odamda ikki xil vazifani bajaradi. Birinchidan, umumiy abstrakt belgining yakka 
ob'ektga tadbiq etish amalga oshiriladi. Masalan, biz "oq" deganimizda ko’z 


198 
oldimizga qor, qog’oz, paxta va shu kabilar kelishi mumkin. Ikkinchidan, 
konkretlashtirish umumiy va yakka belgilar kamroq bo’lgan umumiylikni ochishda
ifodalanadi. Masalan, biz olma, olxo’ri, uzumni mevalar qatoriga stol-stul, divan 
va shu kabilarni mebellar qatoriga qo’shamiz. Umumiy fikrlarni bayon qilish va 
izohlash 
chog’ida 
odatda 
keltiriladigan 
misollarning 
hammasi 
konkretlashtirishning o’zidir. 
Klassifikasiyalash

bir 
turkum 
ichidagi narsalarning 
bir-biriga 
o’xshashligiga va boshqa turkumdagi narsalardan farq qilishiga qarab narsalarni 
turkumlarga ajratish tizimidir. 
D.I.Mendelevni
"Elementlarning davriy tizimi" 
jadvali bunga yorqin misoldir. Bunda olim elementlarni atom og’irligi ortib 
borishiga, kimyoviy sifatlarning bir tipligiga va boshqa belgi va alomatlariga qarab 
tartib bilan joylashtirib chiqqan. O’rganish uchun qulaylik tug’dirish maqsadida, 
shuningdek, amaliy maqsadlarda ko’pchilik narsalarni guruhlarga, turkumlarga 
bo’lishga to’g’ri keladi. Ko’pchilik narsalarni hodisalarni guruhlarga bo’lish 
klassifikasiyalash yoki turkumlarga bo’lish deb ataladi. Masalan, kutubxonada 
kitoblar muqovasiga, farmoyishning mazmuniga va shu kabi belgilariga qarab 
turkumlariga bo’lish mumkin. O’quvchilarning odatda yoshi yoki jinsiy belgilari
bo’yicha va shu kabilarga qarab turkumlarga bo’ladilar. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin