201
Deduktiv xulosa chiqarishda
umumiy va yakka hukmlardan yakka yoki
juz'iy hukm keltirib chiqariladi. Misol uchun barcha
metallar elektr tokini
o’tkazadi. Temir metaldir. Demak, temir ham elektr tokini o’tkazadi.
Analogiya xulosa chiqarishning
shunday shaklidirki,
bunda biz ikki
predmetning ba'zi bir belgilari o’xshashligiga qarab, bu predmetlarning boshqa
belgilarining o’xshashligi to’g’risida xulosa chiqaramiz. Analogiya deb narsa va
hodisalarning bir-biriga o’xshash bo’lgan ba'zi
belgilariga qarabgina hukm
yuritishdan iborat xulosa chiqarish shakliga aytiladi. Analogik usulda chiqarilgan
xulosa chin, taxminiy hamda yolg’on bo’lishi mumkin. Fikr yuritishning bunday
shakli ko’pincha yosh bolalarga xos xususiyatdir. Demak, juz'iy
ikki yakka
hukmlarga asoslanib, juz'iy yoki yakka hukm keltirib chiqaramiz. Masalan,
bog’cha yoshidagi bola mana bunday mulohaza yuritadi;
adamlar darvozadan
ismimni aytib chaqirib keldilar. Ular sovg’a olib kelgan bo’lsalar kerak. Bu
bolaning mulohazasini tahlil qilib ko’rsak, uning fikr yuritishi mana bunday tarzda
taraqqiy etganligini shoxidi bo’lamiz. O’tgan galda adam ismini aytib chaqirib
kelgan edilar, yana chaqirayotirlar. Albatta, adam menga sovg’a olib kelganlar, deb
xulosa chiqaradi.
Shunday qilib, analogik yo’l bilan
xulosa chiqarganda murakkab
qonuniyatlar to’g’risidagi bilimlar o’zlashtirilmasa-da, lekin turmushning turli
jabhalarida undan foydalanib turiladi.
Dostları ilə paylaş: