O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə241/379
tarix11.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#132195
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   379
хайдаров, халилова 2009 умумий психол(1)

A.I.Berg
shunday deb yozadi "inson faqat tashqi dunyo bilan 
to’xtovsiz muloqot qilishi sharoitidagina uzoq vaqt fikrlashi mumkin. Tashqi 
dunyodan to’liq informasion ajralish bu aqldan ozishning boshlanishidir. 
Informasion undovchi tafakkurning tashqi dunyo bilan aloqasi insonga oziq-
ovqatdek, issiqlikdek zarur". Psixologiya fani taraqqiyotida nemis psixologiya 
maktabi muhim o’rinlardan birini egallaydi va asrimizning boshlarida 
Germaniyada Vyursburg psixologiya maktabi deb nomlangan yangi yo’nalishga 
ega bo’lgan psixologik oqim paydo bo’ldi. Mazkur yo’nalishning yirik vakillari 
sifatida 
O.Kyulpe
(1862-1915), 
K. Byuller
(1879-1922), 
A.Messer
(1837-1937), 
Ax Narsis
(1871-1946) va boshqalarni sanab o’tish lozim. Ular tomonidan olib 
borilgan eksperimental tadqiqotlar tafakkur muammosining rivojiga ma'lum 
darajada hissa qo’sha oldi. Vyursburg psixologiya maktabi vakillari tafakkurni 
hissiy bosqichda turgan psixik jarayonlarga, ya'ni sezgi va tasavvurlarga ajratib 
o’rganishda rasional bosqichdagi murakkab jihatlardan mexanik ravishda vujudga 
keladi, deb tushuntirish mumkin emasligini eksperimental yo’l bilan isbotlashga 
harakat qildilar. Olib borilgan tadqiqotlarni o’zlarining ustilarida o’tkazib, 
natijalarni ob'ektiv bo’lishiga kamroq e'tibor berganlar. 


213 
Vyursburg psixologiya maktabining namoyondalari tafakkur bu ichki 
harakat, aktidir deb qaray boshlaydilar. O’z-o’zini kuzatish metodidan foydalanib, 
ish tutishda ular mana bunday ifodaning ma'nosini tushuntirib berishlari lozim, 
tafakkur haddan tashqari mashaqqatliki, shunga qaramay ko’pchilik shunchaki 
hukm chiqarishni ma'qul ko’radilar. Shuningdek, ular oldida munosabatlarni 
o’rnatish qism, yaxlit, tur, jins ob'ektning nisbati va o’zaro munosabatlarini ushbu
munosabatlarning aniq a'zolarini idrok qilishni aniqlash vazifalari turadi. Shuning 
bilan birga ularning barcha tadqiqotlari ob'ektiv metodlarni izlashga oid 
faoliyatlarida avj oldi. Jumladan, N.Ax tomonidan sun'iy tushun-chalarning 
shakllanishi bo’yicha dastlabki metodika yaratildi. Mazkur nazariya vakillari 
tafakkurni munosabatlarning aks etishi bilan bog’lab, tafakkurni munosabatlarning 
birlamchi qarab chiqish, yoinki birlamchi ma'lumot berish manbai sifatida talqin 
qiladilar. Tafakkur taraqqiyoti masalasini ko’tarib chiqib, o’sishning fikrlarni 
faollashtirish orqali amaliy faoliyatdan tafakkurni mutlaqo ajratib qo’ydilar. 
Tafakkurni tadqiq qilishning asosiy metodi - bu o’z-o’zini kuzatish ekanligini tan 
oladi, xolos. Mazkur muammo gnoselogik nuqtai-nazardan olib qaralganda ushbu 
pozisiya idealizm izmiga kirib borayotganligini anglab olish unchalik qiyin emas. 
Vyursburg maktabi namoyondalari tafakkurni alohida mustaqil bilish faoliyati 
sifatida aniq ko’rsata bildi. Biroq tafakkurni amaliyotda nutqdan va hissiy 
obrazlardan qat'iy ajratib tashladilar. 
Vyursburg psixologiya maktabi namoyondalaridan biri 
O.Zels
tafakkurni 
intellektual operasiyalar harakati sifatida qabul qilgan. U o’z oldiga fikr yuritish 
faoliyatining u yoki bu jihatlari qay yo’sinda shakllanishini kuzatish, intellektual 
faoliyat bosqichlarini ko’rsatish aqliy faoliyatning produktiv va reproduktiv 
ko’rinishidagi ziddiyatlarni bartaraf qilish vazifasini qo’ydi. O.Zels masala yechish 
jarayonini o’rganishda umumiylikka ega bo’lgan masalani vujudga keltirish 
bosqichlariga alohida e'tibor berib, elementlar bilan predmetlar munosabatini 
ajratib ko’rsatadi. Buning natijasida muammo kompleksi namoyon bo’ladi. 
Kompleks o’z ichiga ushbu jihatlarni qamrab olishi nazarda tutilgan: a) 
ma'lumning tavsifnomasini bo’laklarga ajratish; b) qidiriluvchi noma'lumning 
o’rnini aniqlash; v)noma'lum qidiriluvchi bilan ma'lum o’rtasidagi munosabatlarni
ajratib ko’rsatish. 
Shunday qilib, Vyursburg psixologiya maktabining namoyondasi O.Zels 
psixologiya tarixida birinchi bo’lib tafakkurni jarayon sifatida ekspremental 
metodlar bilan tadqiq qilgan, intellektual operasiyalar va ularning tarkibiy 
qismlarini nazariy va amaliy jihatdan ta'riflab bergan, izchil ilmiy metodlarga 
asoslanib, o’rganishga butun vujudi bilan intilgan psixologdir. Germaniyada 
psixologiyaning geshtaltpsixologiya yo’nalishi vujudga keldi. Uning, ko’zga 
ko’ringan namoyondalari qatoriga 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin