O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə293/379
tarix11.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#132195
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   379
хайдаров, халилова 2009 умумий психол(1)

Irodaviy zo’r berish
. Qabul qilingan qaror to’g’ridan-to’g’ri, avtomatik 
ravishda amalga oshirilavermaydi. qabul qilingan qarorni amalga oshirish uchun 
ongli ravishda irodaviy zo’r berish ham kerak.
Irodaviy zo’r berish ongning avvalo nerv-muskul apparatining zo’riqishida 
ifodalanadi va organizmning tashqi ko’rinishlarida namoyon bo’ladi. Irodaviy zo’r 
berishning ana shu ifodali tomoni odamning iroda holatini tasvirlovchi badiiy 
asarlarda gavdalantirilganini ko’p uchratish mumkin.
Ba'zi odam irodaviy zo’r berolmagani sababligina qabul qilgan qarorni 
muddatida ijro etolmaydi. Bunday hollarda "bajarsammikan yoki yo’qmi" degan 
yangi kurash ham boradi. Zo’r berish uchun yana kuch sarflashga to’g’ri keladi. 
Kuch sarflay olmaslik yoki bu masalada ikkilanish irodaning shu paytdagi 
bo’shligini ko’rsatadi. Qabul qilingan qarorni zo’r berish yo’li bilan ijro etish 
irodaning muhim belgisi hisoblanadi.
Irodaning o’ziga xosligi ongli ravishda zo’r berishning biron darajasida 
bajariladigan harakatlardan iborat. Irodaviy zo’r berish va irodaviy harakat 
maqsadga erishish yo’lida uchraydigan to’siqlarni engishda namoyon bo’ladi. 
Kishining irodasi juda katta to’siqlarni yengishga to’g’ri kelganda, ayniqsa yaqqol 
ko’rinadi. Irodaviy zo’r berish va irodaviy harakatlar yo’li bilan yengishga to’g’ri 
keladigan to’sqinliklar ikki xil: ichki va tashqi to’sqinliklarga bo’linishi mumkin.
Irodaviy zo’r berish yo’li bilan yengishga to’g’ri keladigan ichki to’siqlar 
odam organizmi va psixikasining holatidir. Odam tinch harakatsiz va hech qanday 
faoliyatsiz holatda bo’lishi mumkin, masalan, dam olish, uxlash, charchash, 
kasallik paytida shunday holat bo’ladi. Biron ish bilan shug’ullanmay harakatsiz 
o’tirishga, ya'ni yalqovlikka undovchi mayl ham shunday holatdan hisoblanadi. 
Irodaviy zo’r berish yo’li bilan avvalo organizmning passiv holatini 
o’zgartirish uni faol holatga keltirish zarur bo’ladi. Masalan, o’rnida yotgan kishi 
(motivlar kurashi) turlicha qaror qiladi va o’zini majbur qilib o’rnidan turadi. 
Yalhovlikni yengish uchun ba'zan juda ko’p zo’r berishga to’g’ri keladi.
Irodaviy zo’r berish yo’li bilan kishining aqliy faoliyatini ham faol holatga 
keltiriladi. Masalan, ma'ruza boshlanishi bilan talaba darhol irodaviy kuchni ishga 
solib, diqqatni bir joyga to’playdi, irodaning barqarorligini saqlab qoladi, tafakkur 
va esda olib qolish jarayonlarini kuchaytiradi.
"Harakat qilish o’ziga qanday o’rgatilgan bo’lsa - deydi I.M.Sechenov - 
harakatni to’xtatib qolishni boshqarishga ham shunday o’rganmoq kerak". 
Kishi irodaviy zo’r berish yo’li bilan ixtiyorsiz faollikni batamom yo’qotib 
yubormaydi, balki shu faollik ko’rinishlarini faqat o’zgartiradi, yoki bosib qo’yadi. 
Ixtiyorsiz faollik ko’rinishlarini bosilishi 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin