263
masalan, qo’rqish, o’z kuchlariga ishonmaslik, zerikish, qayg’urish hissi kiradi.
Bunday holatlar kishini faoliyat ko’rsatmaslikka rahbatlantiradi yoki qo’yilgan
maqsadlarga qarama-qarshi bo’lgan g’ayri ixtiyoriy harakatlarda o’z ifodasini
topadi. Bunday holatlar har kimda bo’ladi. Ammo odamning shaxs sifatidagi
xususiyati shundan iboratki, u o’zidan ana shu salbiy va keraksiz holatlarni iroda
kuchi bilan o’zgartira oldi yoki bartaraf qila oladi. Bu borada K.D.Ushinskiy
quyidagi so’zlarni keltirib o’tadi: "qo’rquvni his qilmasdan xavf-xatarga o’zini
uradigan kishi mard emas, balki eng kuchli qo’rquvni ham bosa oladigan va
qo’rquv ta'siriga berilmagan, xavf-xatarni o’ylamaydigan kishi marddir".
O’zini tuta bilish kishi xarakterining xislati bo’lib, asosan ichki irodaning
namoyon bo’lishidan iborat. Bu xislat kishining o’z xulq-atvorini nazorat qila
bilishda o’zini, o’z harakatlarini, nutqini qo’lga ola bilishida, shu sharoitda
keraksiz yoki zararli deb qaraladigan harakatlardan o’zini tiya bilishida
ifodalanadi. Xarakter shu xislatiga ega bo’lgan kishilar o’zlarini qo’lga ola
biladilar. Ular o’zlarini tuta biladilar, ular uyushqoq kishilardir.
O’zini tuta bilmaslik irodaning kuchsizligini yaqqol ko’rsatuvchi belgidir.
Odam o’zini qo’lga ola bilmaganda o’z mayllarini, ixtiyorsiz harakatlarini nazorat
qila olmaganda g’ayri ixtiyoriy faollik ko’rinishlari reflekslar, instinktlar, tasodifan
ko’ngildan kechadigan hislar, qo’rquv, hadik-shubha, gumon, g’azab, rashk,
ichiqoralik, affektiv holatlar va shu kabilar kishi irodasini bo’g’ib qo’yadi. Bunday
hollarda odam o’zini tiya olmay qoladi.
O’zini tiya olmaslikning eng yomon ko’rinishi buzuqlikdir. Buzuqlik
butunlay instinktlar va salbiy emotsiyalar ta'sirida bo’lish demakdir.
Jasurlik kishining omonligi va hayoti uchun havfli bo’lgan to’sqinliklarni
bartaraf qilishda ko’rinadigan iroda kuchidir. Masalan, parashyutchi har gal o’zini
samolyotdan tashlaganda jasurlik qiladi. Jasurlik o’zini tuta bilishga chambarchas
bog’liq. Jasurlik bor joyda o’zini tuta bilishlik mavjud. Kishi o’zini tuta bilsa
jasurlik qila oladi. Biron maqsadga yetishish yo’lida mutassil jasurlik ko’rsatish,
dovyuraklik
jasorat
deyiladi.
O’zining hayoti uchun xatarli to’sqinliklarni yengishga doimo tayyor turgan
va shunday to’sqinliklarni yenga oladigan kishilarni jasur kishilar deb ataymiz.
Bular xavf-xatardan cho’chimaydigan, xarakteri kuchli, dovyurak, botir kishilardir.
Jasurlikning yo’qligi irodaning kuchsizligini ko’rsatadi. Buni qo’rqoqlik,
Dostları ilə paylaş: