Tayanch iboralar Abuliya (yunon. Abule - irodani inkor etmoq) - eng oddiy, osongina
masalalar bo’yicha ham ma'lum qarorga kelish qobiliyati yo’qligida namoyon
bo’ladigan o’ta irodasizlik.
Iroda erkinligi - falsafiy - ahloqiy kategoriyani ifoda etuvchi tushuncha. U
o’z - o’zini aniqlash jarayonida kishi irodasining moslashishiga bog’liq.
Lokus nazorat (lot. lokus joy) - odamning o’z faoliyati natijalariga
javobgarligini tashqi kuchlardan ko’rish (eksternal, tashqi lokus nazorati) yoki
o’zining qobiliyatlarini intilishlardan ko’rish xislati (internal, ichki lokus nazorati).
Mustaqil ishlash uchun tavsiya etilayotgan mavzular 1.
Iroda haqida tushuncha.
2.
Irodaviy faoliyatning umumiy xususiyatlari.
3.
Iroda nazariyalari.
4.
Irodaviy akt va uning tuzilishi.
5.
Shaxsning irodaviy sifatlari.
6.
Irodani tarbiyalash.
7.
Irodaning individual xususiyatlari.
Test topshiriqlari 1.Qaysi qatorda iroda tushunchasiga to’g’ri ta'rif berilgan? A) maqsadga erishish uchun zarur bo’lgan irodaviy zo’r berish B) muammoning
hal etishning biror usulini tanlash V) ong tomonidan to’liq nazorat qilinmaydigan
va beixtiyor tarzda bajariladigan harakatlar G) maqsadga erishish yo’lida turgan
qarama qarshiliklarni bartarf qilish uchun zo’r berish bilan bog’liq bo’lgan va
ma'lum maqsadga yo’naltirilgan ongli harakatlar D) ichki va tashqi qiyinchiliklarni
yengish uchun xatti-harakatlarni tanlash imkoniyatida namoyon bo’ladigan ruhiy
aks ettirish shakli
2.Qaysi qatorda irodaviy harakat tushunchasining mazmuni keltirilgan? A) maqsadga erishish uchun zarur bo’lgan irodaviy zo’r berish B) muammoning
hal etishning biror usulini tanlash V) ong tomonidan to’liq nazorat qilinmaydigan
va beixtiyor tarzda bajariladigan harakatlar G) maqsadga erishish yo’lida turgan
qarama-qarshiliklarni bartarf qilish uchun zo’r berish bilan bog’liq bo’lgan va
ma'lum maqsadga yo’naltirilgan ongli harakatlar D) ichki va tashqi qiyinchiliklarni
yengish uchun xatti-harakatlarni tanlash imkoniyatida namoyon bo’ladigan ruhiy
aks ettirish shakli