O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova


Faoliyatning individual uslubi va temperament



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə337/379
tarix11.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#132195
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   379
хайдаров, халилова 2009 умумий психол(1)

 
Faoliyatning individual uslubi va temperament 
Faoliyatning individual uslubi insonda o’zidan o’zi vujudga kelmaydi, u 
shaxs kamolotining barcha bosqichlarida (bog’cha yoshidan e'tiboran to kasbiy 
mahorat egallagunga qadar) shakllanib boradi. Insonning temperamenti 
faoliyatning individual uslubini tarkib optiradi. Xuddi shu boisdan, faoliyatning 
individual uslubi deyilganda shaxs uchun o’ziga xos va muvaffaqiyatga 
erishishning maqsadga muvofiq yo’llari individual tizimi tushuniladi. 
Temperament xususiyatlarining o’ziga xos yig’indisi inson faoliyati 
munosabatlari va bilish jarayonlarida faolligining individual uslubi jarayonida 
namoyon bo’ladi.
Faoliyatning individual uslubi faqat temperamentga emas, balki boshqa 
sabablarga, shaxsiy tajriba jarayonida hosil bo’lgan ko’nikma va malakalarga ham 
bog’liqdir. Faoliyatning individual uslubini inson organizmini tug’ma xususiyatlari 
va asab tizimi tiplarining faoliyat sharoitlariga moslanishi deb qarash mumkin. 
Faoliyatning individual uslubi asosini asab tizimi xususiyatlari yig’indisi tashkil 
qiladi. Faoliyatning individual uslubiga kiruvchi ikki xil xususiyatlar mavjud. 
1. Asab tizimi individual xususiyatlari nuqsonlarining o’rnini to’ldiruvchi tajriba 
jarayonida shakllangan xususiyatlar. 
2. Insonda mavjud layoqat va qobiliyatlardan maksimal darajada foydalanish 
imkonini beruvchi xususiyatlar. 
Temperamentning xususiyati faollikning samaradorligida emas, balki 
usullarning o’ziga xosligidadir. Shu ma'noda 
Ye.A.Klimov
tomonidan olib 
borilgan tadqiqotga ko’ra, stanokchi, to’quvchilarning ishini kuzatish natijalari
muhim sanalgan. Ma'lum bo’ldiki, bir necha stanokda ishlashda nerv tizimi 


296 
harakatchan tipdagi ham, harakatsiz tipdagi xodimlar ham ishlab chiqarishda 
muvaffaqiyatlarga erishadilar. Temperamentni harakatchanligiga ko’ra qarama-
qarshi xususiyatli kishilar bir xil mehnat vaziyatida turlicha harakat taktikasiga 
murojaat qilishlari aniqlandi. Harakatchanlari shoshilinch, tezroq bajaradi, 
temperamentning sust tipdagi kishilar esa shoshilinch harakatning zarurligini 
bildiradigan tayyorlov ishlariga ko’p e'tibor berishi bilan ajralib turadi. 
Faollikning individual uslubini 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin