O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə338/379
tarix11.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#132195
1   ...   334   335   336   337   338   339   340   341   ...   379
хайдаров, халилова 2009 умумий психол(1)

V.S.Merlin, Ye.A.Klimovlar
o’rganib, 
uning kishida darrov paydo bo’lmasligi va faqat stixiyali tarzda paydo bo’lishini 
ko’rsatishdi. Agar kishi o’z temperamentiga muvofiq yaxshi natijalariga 
erishishiga yordam beradigan o’zining yo’llari va usularini faol izlasa, individual 
uslub yuzaga keladi.
Odamlarning birgalikdagi faolligi sharoitlarida ular temperamentning 
dinamik fazilatlari ular faoliyatining pirovard natijasiga har biri individual 
ishlagan holdagiga qaraganda ancha jiddiy ta'sir ko’rsatadi. Bunda mazkur 
faoliyatni bajarish uchun ancha qulay va kamroq qulay bo’lgan temperamentning 
har xil tiplarini birga qo’shilib ketishi aniq bo’ladi. Chunonchi, xolerik 
temperamentli kishining faoliyati sangvinik yoki xolerik temperamentli kishi bilan 
sherik bo’lib ishlaganiga qaraganda flegmatik yoki melanxolik bilan birgalikda 
ishlagan hollarda ancha samarali bo’ladi. Bunday faktlar shuni ko’rsatadiki, 
temperamentning u yoki bu xususiyatlarining ahamiyatini ko’pgina faoliyat 
turlarini birgalikdagi xarakterini hisobga olmasdan baholab bo’lmaydi. o’z 
temperamentining xususiyatlarini egallash va ularning o’rnini to’ldirish, 
faoliyatning individual uslubini shakllantirish bolalik yillaridan boshlanib, ta'lim 
va tarbiya ta'sirini negizida yuzaga keladi. 
Tayanch tushunchalar 
Labillik
 
(lot. labilis - beqaror, o’zgaruvchan) - nerv hujayralarining tezlik 
bilan qo’zg’alish holatidan tormozlanish va tormozlanishdan qo’zg’alish holatiga 
o’tish xususiyati.
Melanxolik
(yunon. Melas - qora, chole - o’t, safro) - temperament 
turlaridan, psixik faollikning sust, tez ta'sirlanuvchanlik, hatto arzimagan narsalar 
uchun xam juda chuqur ta'sirotga berilishi bilan xarakterlanadi.
Rigidlik
(lot. regidus - qattiq ustahkam) - sub'ektiv tomonidan 
dasturlashtirilgan faoliyatda qayta qurishning talab qilinishi natijasida ro’y 
beradigan qiyinchiliklar.
Sangvinik 
(yunon. Sanguis qon) - temperament turlaridan. By tur chaqqon, 
harakatchan, taassurotlari tez-tez o’zgarib turadigan, boshqa kishilarga nisbatan 
dilkashlik va mexribonlik qilish xislatlari bilan tavsiflanadi.
Temperament 
(lot. temperamentum - qismlarning bir-biriga munosabati) - 
shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmui. By kishida faoliyat va xulq-
atvorning dinamik va emosional tomonlari bilan xarakterlanadi.
Flegmatik
(yunon. flegma balg’am, shilimshiq modda) - temperament 
turlaridan biri. Bu harakatlarning sekinligi, barqarorligi, emosional holatlarning 
tashqi ko’rinishlari kuchli emasligida namoyon bo’ladi.


297 
Xolerik
(yunon. chole - safro, sarik o’t) - temperament turi, u hissiyotning 
jo’shqinligi, kayfiyatning birdaniga tez o’zgarib qolishi, hissiyotning 
muvozanatsizligi va umuman harakatchanligi bilan ifodalanadi.

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   334   335   336   337   338   339   340   341   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin