330
Iste'dod
- shaxsning ma'lum faoliyatida ifodalanadigan qobiliyatining yuqori
darajasi.
Kommunikasion qobiliyatlar
- kishining boshqa odamlar bilan bo’ladigan
muloqotni yaxshilaydigan va birgalikdagi faoliyatda psixologik qovushuvchanlikni
ta'minlaydigan qobiliyat.
Layoqat
- nerv tiziminnig ba'zi irsiy determinlashgan anatomfiziologik
xususiyati. Odamda qobiliyatlarni tarkib toptirish va rivojlanishining dastlabki
yakka tug’ma, tabiiy zaminidir.
Mayl
- shaxs qiziqishlari va fikrlarining biror faoliyat bilan shug’ullanishga
jalb etilganligi, shaxsda kuchli istak, hohish tarzida namoyon bo’lib, bajo
keltirilganda odamga mamnuniyat baxsh etadi.
Musiqiy qobiliyat
- shaxsning musiqiy layoqatini belgilovchi psixologik
xususiyatlari.
Umumiy iste'dod
- kishining qobiliyatlari birligi. Bu shaxsning aqliy
(intellektual) imkoniyatlari doirasi bilan faoliyatining o’ziga xosligi darajasini
belgilab beradi.
Frenologiya
(yunon. phren - ong, logos - ta'limot) - odamda u yoki bu
xildagi qobiliyatlarning o’sganligini bosh suyagining tuzilishiga qarab aniqlash
mumkin degan nazariya. Bu nazariya avstriyalik vrach F.Gall tomonidan tavsiya
etilgan.
Qobiliyatlar
- shaxsning ma'lum faoliyatidagi muvaffaqiyatlarini va osonlik
bilan biron faoliyatni egallay olishini ta'minlaydigan individual psixologik
xususiyatlar.
Dostları ilə paylaş: