O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova


Shu bilan birga psixologiyaning bir qator tadbiqiy sohalari ham mavjud



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/379
tarix11.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#132195
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   379
хайдаров, халилова 2009 умумий психол(1)

Shu bilan birga psixologiyaning bir qator tadbiqiy sohalari ham mavjud.
Eksperimental psixologiya
- eksperimental metodlar yordamida psixik 
hodisalarni tadqiq qilishning umumiy sohasi. Psixologiya fan sifatida falsafadan 
ajralib chiqishida, eksperimental tadqiqotlar o’tkazishda asosiy rol o’ynagan.


50 
Ekstremal psixologiya
- insonnning o’zgargan muhit shart-sharoitlarida 
psixik faoliyatning kechishi qonuniyatlarini o’rganadigan psixologiya sohasi. 
Psixofiziologiya 
- odamlarning individual psixologik va psixofiziologik 
farqlarini tadqiq qiluvchi, psixologiya sohasi. 
Siyosiy psixologiya
- jamiyatning siyosiy hayotidagi psixologik 
xususiyatlar, holatlar, qonuniyatlar, ta'sirchanlik va ta'sir ko’rsatish jarayonlari kabi 
jabhalarni tekshiruvchi psixologiya so?asi.
Oila psixologiyasi
- oila psixologiyasini o’rganuvchi, fanlararo tadqiqot 
qilishga yo’nalgan psixologiya sohasi. 
Parapsixologiya
- Hozirgi zamon fanining chegarasidan tashqaridagi, 
tushuntirish qiyin bo’lgan psixik hodisalarni o’rganadi. 
Fan rivojlanib, taraqqiy etib borishi jarayonida uning sohalari ham kengayib 
bormoqda.
Hozirgi zamon psixologiyasining ilmiy tadqiqot metodlari 
Malumki, har qanday fan o’z predmetiga ega. Psixologiyaning predmeti 
psixika bo’lib, u obektiv olamni psixik hodisalar asosida aks ettirib, yuzaga kelgan 
va shakllangan obraz subekt faoliyatini, xulq-atvorini maqsad sari yo’naltiradi. 
Bundan tashqari har qanday fan qandaydir hodisa qonuniyatlarini bilish 
uchun malum bir metodlardan foydalanadi. 
I.P.Pavlov
"Metodning qo’lida 
tadqiqot taqdiri yotadi" degan edi. Metodlar tizimi fanning umumiy 
metodologiyasiga birlashadi.
Metodologiyani keng manoda oladigan bo’lsak, u malum tizimga ega 
bo’lgan va bilimlarni izlab topishga qaratilgan, mantiqan ketma-ketlikka ega 
bo’lgan metodlardir. Ko’pchilik olimlar bu atamani ilmiy metod tushunchasiga 
mos tarzda tushunadilar va foydalanadilar, metodologiya faqat ilmiy tarzda qabul 
qilinishi deb takidlaydilar. 
Metodologiya
(yunoncha methodes - bilish, tadqiq qilish, izlanish yo’li, 
logos - tushuncha, talimot) amaliy faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish 
tamoyillari, usullari tizimi hamda ushbu tizim haqidagi talimotdir. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin