Faoliyatning muhim xususiyatlari
Hayvonlar faolligi
Inson faoliyati
Instinktiv - biologik faollik
Bilishga va muloqatga bo'lgan ehtiyojlar
bilan yo'naltirilgan
Hamkorlikdagi faoliyat emas, biologik
maqsadlar,
(oziqlanish,
himoyalanish)ga
asoslangan
to'da
bo'lib
yurish, .
Kishilik
jamiyati
hamkorligidagi
faoliyat asosida tashkil topgan, har bir
harakat inson uchun
hamkorlikdagi
faoliyatidagi
o'rniga
ko'ra ahamiyatlidir
Ko'rgazmali - yaqqol vaziyatlar bilan
boshqariladi.
Predmet
va
hodisalarni
mavhumlashtirish,
ular
o'rtasidagi
sababiy boqlanish va munosabatlarni
aniqlash mumkin.
Irsiy jihatdan mustahkamlangan dastur
(instinkt)lar asosidagi xatti-harakatlar,
ko'nikmalar yakka tartibda hosil bo'lib
hayvonning yashash uchun tashqi
Tajribani
berish
va
o'zlashtirish
muloqotning ijtimoiy vositalari (til va
boshqa belgilar tizimi) yoki moddiy
madaniyat mahsulotlari orqali amalga
66
sharoitlarga
moslashishi
sifatida
namoyon bo'ladi.
oshiriladi.
Yordamchi qurollar, vositalar yasashi
mumkin, ammo undan qurol sifatida
doimo
foydalanmaydi.
Bir
qurol
yordamida
boshqa
qurol
yasay
olmaydi.
Mehnat qurollari yasab, uni keyingi
avlodlariga ham qoldirishi mumkin.
Turli
predmet
va
qurollardan
foydalanib, yangi qurol va vositalar
yarata oladi.
Tashqi muhitga moslashadi
O'z ehtiyojlariga muvofiq tarzda tashqi
dunyoni o'zgartiradi.
Odamni ishlashga majbur qiluvchi motiv uning ovqatlanish ehiyoji bo’lishi
mumkin. Biroq odam, masalan, dastgohni ochlik ehtiyojini qondirish uchun
boshqarmaydi. Inson faoliyatining mazmuni jamiyat talab qiladigan biron
mahsulotni tayyorlash maqsadi bilan belgilanadi. Faollik manbai bo’lgan faoliyat
yaxshi anglab olingan maqsad bilan belgilanadi.
Yuqoridagi jadvalda inson faoliyati bilan hayvonlar xatti-harakati o’rtasidagi
farqlar aks ettirilgan. Faoliyat faollikni anglab olingan maqsad bilan boshqaradi.
Faoliyatni anglash qanday darajada bo’lmasin maqsadni anglash hamma vaqt ham
zaruriy belgi sifatida qolaveradi.
I.M.Sechenov fiziologik organlar va tizimlar faolligi yoki ishi to’g’risida
tasavvurga ega bo’lgan, shu sababdan uning asarlarida "Tafakkurning faol shakli",
"Tafakkur faoliyati", "Miya faoliyati", "Muskul faoliyati" so’z birikmalar keng
ko’lamda joy olganligi I.P.Pavlov tomonidan "Oliy nerv faoliyati",
N.A.Bernshteyn esa "Fiziologik faolligi" atamani fan olamiga olib kirgan. Lekin
N.A.Bernshteyn faollik, faoliyat, ish, mehnat tushunchalarini ma'nosiga ko’ra
farqlagan bo’lishiga qaramay, u aksariyat hollarda faollikni faoliyat ma'nosida
qo’llagan.
Psixofiziologiyada faoliyat faollikni fiziologik ma'nosi sifatida talqin
qilingan bo’lsa, ish, mehnat faoliyati, "mehnat faolligi" mazmunida qo’llaniladi.
Ijtimoiy psixologiyada "Faoliyat - faollik - ish - mehnat", "Faoliyat - xulq",
"mehnat - xulq, faoliyat" ko’rinishlari juftligi uchrab turadi. S.L.Rubinshteyn ong
va faoliyat birligi tamoyilini ilgari surib, uni atroflicha asoslab berib, faoliyat
psixologiyasini yaratish zarurligini tushuntira oldi. Uningcha, mehnat psixologik
emas, balki "ijtimoiy kategoriya", psixologiya esa "mehnat faoliyatining psixologik
jabhalarini" tadqiq etadi.
A.N.Leontev faoliyatning psixologik nazariyasini yaratib, uning asosiy
tushunchasi sifatida "Predmetli faoliyat" so’z birikmasini fanga olib kirdi. Muallif
tomonidan "Odamning hissiy amaliy faoliyati" so’z birikmasi "ijtimoiy inson"
sifatida talqin etiladi. Uning asarlarida "Faoliyat", "Xulq" tushunchalari har xil
mazmunda ishlatiladi, jumladan "Teskari aloqalar vositasida xulqni boshqarish",
"Faoliyatning halqali tuzilishi", "Faoliyatni boshqarish", "qo’lning tuyush
faoliyati", "Perseptiv faoliyat", "Reseptor va effektor" apparatlarining hamkorlik
faoliyati kabilar.
B.G.Ananev faoliyat psixologiyasini faollik psixologiyasi ma'nosida
tushunadi. Uning fikricha bilish va muomala faoliyatning birlamchi ko’rinishidir.
67
Tadqiqotchi "Inson faoliyati", "Tashkiliy ish", "Tashkilotchilik faoliyati", "Xulq
jarayonining algoritmlari" atamala-ridan har xil ma'noda foydalanadi.
Dostları ilə paylaş: |