O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/379
tarix11.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#132195
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   379
хайдаров, халилова 2009 умумий психол(1)

Faoliyatning tarkibi 
Inson faoliyati juda xilma-xildir. Unga mehnat, pedagogik, badiy-ijod, 
ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini kiritish mumkin. Inson faoliyati tarkibini tahlil qilish, 


68 
shuni ko’rsatadiki, faoliyat tashqi dunyoni ongli psixik aks ettirilishida namoyon 
bo’ladi. Har qanday faoliyatda inson o’z xatti-harakatlarini maqsadini anglaydi, 
kutilayotgan natijani tasavvur qiladi, sharoitni idrok qiladi va baholaydi, 
bajariladigan harakat tarkibini o’ylaydi, irodaviy zo’r beradi, faoliyatning borishini 
kuzatadi, muvaffaqiyat va maqlubiyatini o’ylaydi. 
Faoliyat bir tomondan, shaxsning rivojlanishi va sifatlarining namoyon 
bo’lish sharoiti, ikkinchidan, shu faoliyat sub'ekti bo’lgan shaxsning taraqqiyot 
darajasiga bog’liqdir. Barcha faoliyat turlari tarkibida uchta tarkibiy qismni: 
maqsad-motiv-harakatni ajratish mumkindir.
Maqsad
- inson faoliyati so’nggi natijasining obrazi sifatida namoyon 
bo’ladi va ehtiyojlarini amalga oshirilishidir.
Motiv 
- kishini faoliyatga undaydi va unga mazmun baxsh etadi.
Ish-harakat
galdagi bitta oddiy vazifani bajarishga qaratilgan, nisbatan 
tugallangan faoliyatning tarkibi. Faoliyatga qaratilgan maqsad ozmi-ko’pmi uzoq 
yoki yaqin bo’lishi mumkin. Shuning uchun bu maqsadga erishish odam 
tomonidan ana shu maqsad sari harakat qilish davomida uning oldida tug’iladigan 
qator juz'iy maqsadlarni izchillik bilan hosil qilishdan iborat bo’ladi. Quyidagi
harakatning muhim tarkibiy qismlari ko’rsatilgan. 
Tashqi olamdagi narsalarning holatini va xossalarini o’zgartirishga 
qaratilgan harakatlarni ish-harakat 
(sa'i-harakat)
deb yuritiladi. Narsalar bilan 
qilinadigan istalgan bir ish makon va zamon bilan bog’liq bo’lgan ma'lum 
harakatlardan tashkil topadi. Masalan: "A", "I" harflarni yozishdagi harakatlar, bir-
biridan farq qiladi. Odamlarning narsalar bilan qiladigan harakatlari tahlili shuni 
ko’rsatadiki, bu harakatlar tashqi jihatdan juda ko’p, rang-barangdir. Shunday 
bo’lsa ham, odatda ular uchta sodda elementlardan tashkil topgandir; "olmoq", 
"joyini o’zgartirmoq", "quyib yubormoq" bu harakatlar odamning tanasi, oyoqlari 
va boshi bilan qilinadigan yordamchi harakatlar bilan amalga oshiriladi. Predmetli 
harakat tarkibi quyidagicha izohlanadi. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin