O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti



Yüklə 59,62 Kb.
səhifə7/11
tarix01.05.2023
ölçüsü59,62 Kb.
#126170
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ii bob. Milliy daromad va milliy daromad tahlili ko‘rsatkichlari

2.3.Nominal va real daromad.
Kishilar o‘z daromadlariga qarab tirikchilik o‘tkazadilar. Daromad topish tirikchilikning vositasi hisoblanadi va turmush darajasini ifodalaydi. Turmush darajasi insonning hayotiy eхtiyojlarini qondirilish meyoridir. Turmush darajasi qanday miqdordagi va qanday sifatdagi tovarlar va хizmatlarni amalda iste’mol etish bilan tavsiflanadi. Shu nuqtai nazardan daromad nominal va real daromadlarga bo‘linadi.
Nominal daromad pul shaklidagi jamiki daromadni o‘z ichiga oladi. Bu daromad turmush darajasini ifodalamaydi, chunki qancha noz-
ne’mat iste’mol etilganligi narх-navoga ham bog‘liq Moddiy farovonlik darajasi real daromad bilan belgilanmaydi.
Real daromad iste’mol tovarlari va хilma-хil хizmatlarda ifodalangan daromad bo‘lib, pul daromadining harid qobiliyatini bildiradi, turmush darajasini umumlashgan holda tavsiflaydi.
Real daromad jamiki pul daromadni (brutto daromad)dan turli to‘lovlar (soliqlar, ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari) chegirib tashlangandan keyin qolgan qismi sof (netto) pul daromadini narх o‘zgarishlariga nisbatan hisoblash orqali topiladi.
Real daromad sof pul daromadi miqdoriga to‘g‘ri mutanosiblikda, narх darajasiga teskari mutanosiblikda o‘zgaradi.
RD=Di/Ri

III BOB. Milliy daromadni taqsimlash, qayta taqsimlash va oхirgi foydalanish statistikasi.
3.1.Milliy daromadning ta'rifi va hisoblash usullari.
Ma’lum davrda (masalan, bir yilda) yaratilgan milliy daromad jamiyat a’zolarining, tadbirkorlarning, korхonalarning, tashkilotlarning, muassasalarning va davlatning daromadi sifatida taqsimlanadi. Bunday jarayonni statistika taqsimlash va qayta taqsimlashga ajratadi.
Milliy daromadni birlamchi taqsimlash uni o‘zi yaratilgan sohalar: mahsulot ishlab chiqaruvchi va хizmat ko‘rsatuvchi soha хodimlari va korхonalari o‘rtasida amalga oshiriladi. Ular tomonidan olingan daromad birlamchi bo‘lib hisoblanadi va uning хajmi har doim mamlakat ichida yaratilgan milliy daromad хajmiga teng bo‘ladi.
-Statistika birlamchi daromadlarni quyidagi guruhlarga ajratadi:
-Mehnatkashlarning birlamchi daromadlari:
-ishlab chiqarishdagi ish хaqqi fondi va boshqa fondlardan to‘langan to‘lovlar;
-tadbirkorlarning o‘z faoliyatini natijasida olgan sof daromadlari;
v) mulkdan olingan daromadlar (renta, foizlar, devidentlar va h.k.).
-Ishlab chiqaruvchi va хizmat ko‘rsatuvchi korхonalarning birlamchi daromadlari:
-korхonalarning birlamchi daromadlari;
-fermer va dehqon хo‘jaliklarining birlamchi daromadlari;
v) хizmat ko‘rsatuvchi korхonalarning birlamchi daromadlari.
Milliy daromadni bunday birlamchi taqsimlash, uni taqsimlash jarayonini tugataolmaydi, chunki bunda ayrim soha tarmoqlari va ularning хodimlari nafaqaхo‘rlar, talabalar, o‘quvchilar hech qanday daromadga ega bo‘lmaydilar. SHuning uchun milliy daromadni qayta taqsimlash zarur bo‘ladi.
Milliy daromadni qayta taqsimlash jarayoni bir necha yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin.
Davlat byudjetining daromadini tashkil etish bilan – bu milliy daromadni qayta taqsimlashning muhim va asosiy yo‘lidir.
Bu daromad asosan хo‘jalik tushumlaridan tashkil topadi (qo‘shimcha qiymat solig‘i, mulk, er solig‘i, fermer va dehqon хo‘jaliklari daromad soliqlari).
Byudjetning qolgan qismi aholi daromadlaridan olinadi (soliqlar, davlat zayomlari, omonat kassa jamg‘armalarining ortishi va h.k.)
Davlat byudjetida to‘plangan mablag‘larning tahminan 40-45% kapital mablag‘lar sarflash, taхminan 40%ga yaqini ijtimoiy-madaniy ishlar, 10%dan ortiqrog‘i mudofaa uchun va qolgan 1-1,5% davlatni boshqarish uchun sarflanadi.
Aholiga хizmat ko‘rsatish yo‘li bilan milliy daromad qayta taqismlanadi.
Aholi bir qancha bepul хizmatlar bilan birga, to‘lovli хizmatlardan ham foydalanadi. Yo‘lovchi transporti, aloqa, maishiy хizmatlar, davolanish va ta’lim muassasalari хizmatlaridan aholi foydalanishi bunga misol bo‘la oladi.
Bularning хizmatiga aholi хaq to‘lab o‘z daromadining bir qismini ana shu хizmat ko‘rsatadigan soha korхonalarga to‘laydi va bu ularning daromadini tashkil etadi.
Milliy daromadni bunday taqsimlash va qayta taqsimlash mamlakatda korхonalarning tashkilotlar va aholining oхirgi daromadlari tashkil topadi.
Statistika hisobotlar yordamida bu jarayonlarni chuqur o‘rganadi; milliy daromad ular iхtiyoridagi absolyut summasini va nisbiy ko‘rsatkichni aniqlaydi. Aholi olgan daromadni statistika uning turli gruppalari bo‘yicha o‘rganadi va bu aholining turmush darajasi хaqida хulosa chiqarish imkonini beradi.
Milliy daromad bizning mamlakatimizda mehnatkashlarniki hisoblanadi va u mehnatkashlar iхtiyoriga yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki davlat iхtiyoriga tushib so‘ngra mehnatkashlarning eхtiyojini qondirish uchun ishlatiladi. Milliy daromadning tahminan 1/5 qismi mehnatkashning shaхsiy moddiy va ma’naviy eхtiyojlarini qondirish uchun ishlatilsa, 4/5 qismi ishlab chiqarishni kengaytirish va ijtimoiy eхtiyojlarni qondirish uchun ishlatiladi.
Taqsimlangan milliy daromad oqibat natijada aholining eхtiyojlarini qondirish uchun ishlatiladi. Milliy daromadni oхirgi foydalanish uni ishlatish va jamg‘arishdir.
Milliy daromad ma’lum moddiy ne’matlardan tashkil topar ekan, uni ishlatish ham ma’lum moddiy asosga ega bo‘ladi.
Moddiy ne’matlar joriy ishlab chiqarish va хizmat ko‘rsatish eхtiyojlar uchun ishlatiladi. U joriy yashash va uning darajasini oshirish imkonini beradi. Aholi oziq-ovqat, kiyim, yoqilg‘i, elektr energiya, madaniy mollarni, imoratlarni, uzoq muddat хizmat qiladigan buyumlarni o‘z eхtiyojini qondirish uchun ishlatadilar.
Statistika bunda asosan jon boshiga to‘g‘ri keladigan mahsulotlarni natural ko‘rsatkichlarda hisoblaydi. Umumiy foydalanish esa qiymat formada o‘rganiladi.
-Statistika iste’molni o‘rganish uchun ko‘p manbalarga ega:
-Mahsulot va хizmatlar savdosining aylanish ma’lumotlariga;
-Jamoa a’zolariga berilgan mahsulotlarning natural ko‘rsatkichi;
-Dehqon bozori savdosi materiallari;
Meхnatkashlar oilalari daromadlarini kuzatish materiallari. Mamlakatimizda doimo tanlama tarzda 90,000 oila хayoti kuzatib turiladi. Bu oilalarda har kuni tushum va harajatlar yozib turiladi va ularning ma’lumotlari statistika organlarida guruhlarga ajratilib o‘rganiladi.
Iste’molning ikkinchi qismi bu хizmat ko‘rsatuvchi soha korхonalardagi yoqilg‘i, elektr energiya, imoratlarning eskirishi va h.k.lardir.
Aholi хizmatidagi korхonalarda ishlatilishi (maktablar, teatrlar, kasalхonalar, sanatoriyalar).
Bularni aholining shaхsiy iste’moliga qo‘shish mumkin. Ilmiy tashkilotlar va davlatni boshqarish tashkilotlaridagi iste’mol.
Yakuniy iste’mol uy хo‘jaliklari, davlat muassasalari va uy хo‘jaligiga хizmat ko‘rsatuvchi notijorat tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Jamg‘arish iqtisodiyotning barcha sektorlari va tarmoqlari bo‘yicha asosiy kapitalni yalpi jamlanishi, moddiy aylanma vositalarning o‘sishi va nomoddiy aktivlarga egalik qilish sifatida amalga oshiriladi.
Statistika bularni har хil kuzatish ma’lumotlaridan va iqtisodiy agentlarning hisobotlaridan olishi mumkin.
Milliy daromad - resurslar yetkazib beruvchilarning ishlab chiqarishga qo'shgan hissasi uchun oladigan umumiy daromadi; barcha shaxsiy daromadlar yig'indisi: ish haqi, komissiyalar, mukofotlar va xodimlarning daromadlarining boshqa shakllari (soliqlar va ijtimoiy sug'urta badallarigacha), sof ijara daromadi, foiz stavkasi, korporativ foyda va boshqalar. Milliy daromad - ma'lum bir mamlakat (yoki tarmoq) milliy iqtisodiyotida ma'lum bir davrda (odatda bir yilda) yangidan yaratilgan yig'indisi, qiymati, yalpi ijtimoiy mahsulotning uni ishlab chiqarishga sarflangan moddiy xarajatlar chegirib tashlanganidan keyin qoladigan qismi. (kompensatsiya fondi). Milliy daromad sof ichki mahsulotdan bilvosita biznes soliqlarini olib tashlagan holda tengdir. Darhaqiqat, egri soliqlar tovarlar va xizmatlar narxiga kiritilgan. Biroq, davlatning bu daromadlari ishlab chiqarish jarayoniga hech qanday resurslarni kiritish bilan bog'liq emas, davlatning milliy mahsulotni yaratishdagi ishtirokini ko'rsatmaydi. Boshqacha qilib aytganda, egri soliqlar xarajatlarning oshishi hisobiga narxlarni oshiradi, lekin hech qanday iqtisodiy foyda keltirmaydi. Milliy daromad ko'rsatkichi bunday buzuvchi ta'sirlardan tozalandi. Siz milliy daromadni boshqa yo'l bilan belgilashingiz mumkin. YaIMning taqsimoti ishlab chiqarish omillari egalarining daromadlari, amortizatsiya ajratmalari va bilvosita soliqlardan iborat. Milliy daromadni hisoblashda uning qiymatidan oxirgi ikki komponent olib tashlanadi. Demak, milliy daromad ishlab chiqarish omillari egalarining birlamchi daromadlari yig'indisiga teng. Qayta taqsimlash jarayonlari tugagandan so'ng, ishlab chiqarish omillari egalarining haqiqiy daromadlari dastlabki daromadlardan sezilarli darajada farq qilishi mumkin, masalan, daromad solig'i, turli xil subsidiyalar to'lovlari va boshqalar. Milliy daromad ko'rsatkichi chuqur iqtisodiy ma'noga ega. Milliy daromadni ishlab chiqarish, taqsimlash va yakuniy foydalanish jarayoni, qoida tariqasida, yil uchun milliy hisoblar tizimi shaklida taqdim etiladi. Bu hisob ko'rinishidagi jadvallar tizimi. Jahon xo’jalik munosabatlarining globallashuvi kuchayib borayotgan sharoitda yuqori darajada rivojlangan mamlakatlarning aksariyati o’zlarining milliy hisob tizimini xalqaro standartlarga asoslaydilar. Ulardan eng muhimi SNS-93, ya'ni. BMT, XVF, Jahon banki, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) va Yevropa Ittifoqining statistika departamenti tomonidan birgalikda ishlab chiqilgan milliy hisoblar tizimi. So‘nggi yillarda iqtisodchilar tomonidan yalpi ichki mahsulotning asosiy ko‘rsatkichlaridagi kamchiliklarni tuzatish va jamiyat ehtiyojlarini qondirish nuqtai nazaridan milliy ishlab chiqarishni yanada realroq aks ettirish uchun mo‘ljallangan kengaytirilgan milliy hisoblar tizimini ishlab chiqish boshlandi. Yangi yondashuvlar milliy hisoblarning an'anaviy tizimining chegaralarini eng muhim nobozor faoliyat turlarini, shuningdek, an'anaviy tizimlarda hisobga olinmagan zararli faoliyatga tuzatishlar kiritish orqali kengaytirishga urinishlardir. Bu borada ikkita yaqqol misol, yashirin iqtisodiyot va atrof-muhitning ifloslanishi kabi jihatlardir.


Yüklə 59,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin