O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg`ona davlat universiteti botanika kafedrasi botanika


Kurs ishini rasmiylashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə3/9
tarix01.01.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#107373
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2020 KURS ISHLARI USLUBIY KO`RSATMA

1.4. Kurs ishini rasmiylashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari


Kurs ishi mazmunli va talaba tomonidan mustaqil tayyorlangan bo‘lishi bilan birga, to‘g‘ri rasmiylashtirilishi ham zarur (1, 2 va 3 ilovalarda berilgan).

Kurs ishining strukturasi umumiy holda quyidagicha:



  1. Titul (zarvaraq) varaq.

  2. Mundarija.

  3. Kirish.

  4. Asosiy qism (2 ta bobdan iborat bo‘lishi ham mumkin).

  5. Xulosa.

  6. Adabiyotlar ro‘yxati.

  7. Ilovalar.

Kurs ishi zarvaraq bilan ochiladi, unda tashkilot, universitet, kafedra nomi, ishning mavzusi, muallif, rahbarning familiyasi, yozilgan joyi va yili ko‘rsatiladi. Keyingi betda mundarija joylashgan bo‘lib, unda har bir qism (bob) va band nomi beti ko‘rsatilgan holda beriladi.

Kirish qismi muammoning umumiy tarzda qo‘yilishi, dolzarbligi, ahamiyati, foydalanilgan adabiyotlar va boshqa manbalarning sharhini o‘z ichiga oladi.

Asosiy qismda 1-bobda bevosita muammo ochib beriladi. Bunda faqat masalaning ahamiyatigina emas, balki turli mualliflarning qarashlarini aks ettirish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Ishda berilgan 2-bobda muammoni xal etish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.

Xulosa asosan kurs ishi yakunlari, natijalaridan iborat bo‘lib, unda bildirilgan mustaqil fikr va baholarga urg‘u beriladi.


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin