Psixik rivojlanishi sustlashgan bolalar aqliy darajasi jihatidan asosan ikki guruhga bo’linadi: 1.Yengil nuqsoni bor bolalar — bular maxsus sharoitda 1—3 yil ta’limtarbiya olganlaridan keyin o’qishni
ommaviy maktabning tegishli sinfida davom ettirishi mumkin.
2.Psixik rivojlanishi sezilarli darajada orqada qolgan bolalar — ular maktabni bitirguniga qadar maxsus
sharoitda o’qitilishi kerak. Bunday bolalar maktab dasturini sog’lom tengdoshlari qatori o’zlashtira olmaydi.
Psixik rivojlanishi sustlashgan bolalarni ommaviy maktabda hamma qatori o’qitish ta’lim jarayoniga ham salbiy
ta’sir ko’rsatadi
Psixik sust rivojlanganlikning eng murakkab va keng tarkalgan psixogen shaklida bosh miyaning
kasalligiga, yaxshi etilmaganiga aloqador o’zgarishlar kuzatiladi. Olimlarimizning bergan ma’lumotlariga ko’ra, bunday bolalarning 50 foizida nerv sistemasida organik
nuqsonlar bo’ladi. Bu narsa ularning histuygu, irodaviy holatlari tarakqiy etmaganligiga, asosan organik
infantilizm tarzida namoyon bo’ladi.
Psixik rivojlanishi ortda qolgan bolalar bilan korrektsion ishlar olib borishning xususiyatlari.
O’zbekistonda XX asrning 60-yillarida ilk bor psixik rivojlanishdan ortda qolgan bolalar bilan maxsus
pedagogik ishlar amalga oshirilgan.
Hozirgi kunda psixik rivojlanishdan ortda qolgan bolalar uchun maktab internatlar va maxsus ta’lim
muassasalari faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, ular ommaviy umumiy o’rta ta’lim maktablarida tashkil
etilgan korrektsion-rivojlantiruvchi sinflarda ham o’qitishlari mumkin.
Ta’lim jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
1. Boshlang’ich umumiy o’rta ta’lim (ta’lim muddati – 4-5 yil).
2. Asosiy umumiy o’rta ta’lim (ta’lim muddati - 5 yil).
Nazorat savollari 1. Bolalarning sog’lom rivojlanishi uchun shart-sharoitlar
2. Anomaliyalarning kеlib chiqish sabablari
3. Oligofrеnopеdagogikaning maqsad va vazifalari
4. Oligofrеnopеdagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi