O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti



Yüklə 479,04 Kb.
səhifə30/80
tarix20.11.2023
ölçüsü479,04 Kb.
#133440
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   80
portal.guldu.uz-BOLALAR NUTQINI O‘STIRISH NAZARIYASI VA TEXNOLOGIYALARI

Nazorat savollari:

      1. 1. Suhbatning qanday turlarini bilasiz ?

      2. 2. Suhbat didaktik maqsadiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?

      3. Grammatik rasmiylashtirilgan nutqni rivojlantirish qanday amalga oshiriladi?

      4. Tarbiyachining suhbatga tayyorlanishi va o‘tkazish jarayoni haqida gapirib bering.

      5. Suhbatga o‘rgatish usuli orqali savollar berish qanday amalga oshiriadi?



Adabiyotlar:

    1. D.R.Babaeva « Nutq o`stirish metodikasi» Fan va texnologiya.T.; 2009 y.

    2. УшинскийК.Д. Родноеслово.// Собр.соч. М., 1949.Т. С. .242-243

    3. ВыготскийЛ.С.Мышлениеиречь.– М.,Педагогика, 1982. Т.

    4. Леонтьев А.Н. Проблема деятельности в психологии. // Ж. Вопросы философии. – 1972. -№9. С.95-108.


11-mavzu: Hikoya qilib berish turlari va metodlari
Maqsad: Hikoyada turli mazmundagi bilimlar obrazli shaklda taqdim etiladi. Bolalar uchun hikoyalar kundalik voqealar, yil fasllari, yozuvchilar, rassomlar, ona shahri haqida bo‘lishi mumkin.
Kalit so’zlar: Hikoya, o‘quv materiali, qurilish materiallari, uy maketlari, mashg’ulot uchun ko‘rgazmali qurollar.


Reja:
1. Hikoyalar turlari va ularni o‘rgatishning izchilligi.
2. Bolalarni hikoya tuzishga o‘rgatish.
3. Bolalarga ertak va hikoyalar aytib berish usullari.


1. Hikoyalar turlari va ularni o‘rgatishning izchilligi. Hikoya – o‘quv materialini bolalar uchun tushunarli tarzda bayon etish imkonini beruvchi og’zaki metodlardan biri. Hikoyada turli mazmundagi bilimlar obrazli shaklda taqdim etiladi. Bolalar uchun hikoyalar kundalik voqealar, yil fasllari, yozuvchilar, rassomlar, ona shahri haqida bo‘lishi mumkin. Hikoya qilish uchun material sifatida badiiy asarlardan foydalanish mumkin. Ayniqsa, bolalar uchun tarbiyachining shaxsiy tajribasi bilan bog’liq hikoyalar qiziqarlidir: «Mening bog’cham», «Mening oilam», «Mening sevimli o‘yinchog’im» va boshqalar. Hikoyani tushunish qobiliyati, ya’ni tinglay olish, mazmuniga munosabat bildira olish, savollarga javob berish, oddiy qayta aytib berish uch yoshdan boshlab paydo bo‘ladi. Kichik guruhlarda hikoya ko‘rgazmali materiallarni (narsa-buyumlar, ularning tasviri) namoyish qilish bilan birga qo‘shib olib boriladi. Ko‘rgazmali materiallardan bolalar tasavvurga ega bo‘lmagan voqea-hodisalar haqida hikoya qilinganda o‘rta va katta maktabgacha yosh guruhlarida ham foydalaniladi. Biroq, katta guruhlarda hikoya qilish jarayonida ko‘rgazmali materiallardan keragidan ortiqcha foydalanish tavsiya etilmaydi. Chunki bolalarni so‘z yordamida fikrlashga o‘rgatish, ularda fazoviy tasavvurni rivojlantirish lozim.
Hikoya – biror voqea, hodisani kengaytirib bayon qilishdir. Hikoya tasviriy va syujetli bo‘lishi mumkin. Tasviriy hikoya – bu biror predmet yoki voqeaning o‘ziga xos tomonlarini bayon etishdir.

Yüklə 479,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin