O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi kimyo yo’nalishida kurs ishlarini bajarish



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/23
tarix06.03.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#123852
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Kurs ishlarini bajarish

 
«Navoiyazot» 
«Navoiyazot» ochiq aksiyadorlik jamiyati - O’zbekiston kimyo sohasining eng 
yirik korxonasi. «Navoiyazot» OAJ mineral o’g’itlar, organik sintez mahsulotlari va 
nitron tolasi katta assortimentini ishlab chiqarish bo’yicha O’zbekistonda yetakchi 
korxona hisoblanadi. «Navoiyazot» OAJ 70 xildan ortiq tovar mahsulotlarini ishlab 
chiqaradigan, texnik jihozlanganlik va ishlab chiqarish hajmi bo’yicha O’zbekiston 
kimyoviy sanoati peshqadami sanaladi. Korxonamiz tarixi 45 yillik vaqtni o’z ichiga 
oladi. 1961 yilda «Sovetskaya Buxara» viloyat gazetasida quyidagi birinchi satrlar 
paydo bo’ldi: «Buxoro cho’lida O’rta Osiyodagi eng yirik Navoiy kimyo kombinati 
qurilishi boshlandi». 1964 yilda esa birinchi Navoiy azot kislotasi va kislorodi 
olingan edi. 
Orttirilgan tajribaga tayanib va kimyo sohasidagi yutuqlardan foydalanib, biz qishloq 
xo’jaligi (mineral o’g’itlar), yengil sanoat (nitron tolasi), mebel sanoati (KFJ qatroni, 
mebel matolari), oltin qazib chiqarish majmui (sianli natriyning suvli eritmasi, 
poliakrilamid, tiomochevina, azotachil ruh), gaz sanoati (uniflok, K-9 preparati) 
uchun mahsulot ishlab chiqaramiz. Korxona mahsulotlari mingdan ortiq 
iste’molchilar manzillariga yuboriladi. Mahsulot iste’molchilari va xom ashyo hamda 
materiallar yetkazib beruvchilar geografiyasi keng ko’lamda bo’lib, ular Respublika 
ichki bozorlari, MDH va uzoq xorij davlatlaridadir. 


33 
Hozirgi kunda «Navoiyazot» OAJ inson omili muhim sanalgan, murakkab ishlab 
chiqarishlarga xizmat ko’rsatuvchi, ko’plab millat vakillarini o’zida birlashtirgan 
10000 nafardan ortiq yuqori mahoratli kasb egalari jamoasidir. 
Korxonada kadrlar o’z malakasini uzluksiz oshirishi, kasbining barcha jihatlarida 
o’zini namoyon qilishi va ularni korxona muammolarini hal qilishda jalb qilishi 
uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Biz uchun asosiy maqsadlar quyidagilar 
hisoblanadi: 
1. xalqaro bozorda yuqori raqobatbardoshlilik va sohadagi peshqadamlikni 
saqlash; 
2. tashqi va ichki sotish bozorlaridagi vaziyatni kuchaytirilishi faoliyatning 
samaradorligini oshirish hisobiga (texnik va texnologik qayta jihozlash, xarajatlarni 
kamaytirish, ishlab chiqarish sanoat xavfsizligi va madaniyatini oshirish); 
3. mahsulot sifatining yuqori andozalarga va iste’molchilar talablariga muvofiqligini 
ta’minlash; 
4. xodimlar kasbiy mahoratini takomillashtirish va ularni ijtimoiy himoya 
qilishni ta’minlash. Bugun «Navoiyazot» OAJ O’zbekiston Respublikasi yetakchi 
sanoat korxonalari sirasiga kiradi. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin