O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi kimyo yo’nalishida kurs ishlarini bajarish


KURS ISHINI TASHKIL ETUVCHI ASOSIY TUSHUNTIRISH YOZUVI



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/23
tarix06.03.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#123852
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Kurs ishlarini bajarish

KURS ISHINI TASHKIL ETUVCHI ASOSIY TUSHUNTIRISH YOZUVI
Kurs ishi quyidagi asosiy tashkil etuvchilardan iborat bo’lgan tushuntirish 
yozuvi ko’rinishida rasmiylashtiriladi: 
1. 
Titul varag’i (ishning nomi, guruh raqami, talaba ismi sharifi, rahbarning 
ilmiy darajasi, unvoni va ismi sharifi). 
2. 
Taqriz 
3. 
Mundarija 
4. 
O’z ichiga quyidagilarni olgan ishning asosiy bo’limlari: 
a. 
kirish qismi; 
b. 
nazariy va amaliy mashg’ulotning xronologik xaritasi; 
c. 
mavzu bo’yicha ma’ruza matni, 
d. 
ma’ruzani yoritish uchun multimediali taqdimot; 
e. 
amaliy mashg’ulot uchun metodik ko’rsatmalar; 
f. 
mavzu bo’yicha nazariy savollar
g. 
o’quv nazorat dasturlaridan birida tayyorlangan test dasturi; 
5. 
Xulosa. 
6. 
Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro’yxati. 
Uning har bir bandi quyidagi ko’rinishda rasmiylashtiriladi. 
 
KURS ISHINI RASMIYLASHTIRISH 
Kurs ishi A4 formati (210X297 mm) oq qog’ozining bir tarafiga kompyuterda 
yoziladi. Zarur hollarda ilovalami (jadval, sxema, diagramma va k.) uchun katta 
formatdagi qog’ozda bajarilishga yo’l qo’yiladi. 
Matn oddiy shriftda 1,5 intervalda qora rangda chop etiladi. Shrift o’lchami - 14 
(Times New Roman). Satrlararo interval 1,5.
Matn chapdan 3 sm o’ngdan 1,5 sm, yuqori va pastdan 2 sm qoldirib, kenglik 
bo’yicha tekislagan holda teriladi. 
Abzas chap tarafdan 1 sm qoldirib yoziladi. 
Kurs ishi hajmi mavzudan kelib chiqib ilovalardan tashqari 20-50 varaqni 
tashkil etadi. 



SAHIFALARNl RAQAMLASH 
Raqamlash titul varag’idan boshlanadi. Titul varag’i va mundarijaga sahifa 
raqami qo’yilmaydi. Birinchi raqam kirish qismiga qo’yiladi. Bu odatda 3 raqami 
bo’ladi. Sahifa raqami pastki o’rtada nuqtasiz qo’yiladi. Kurs ishi sahifalari arab 
raqamlari bilan raqamlanadi. Alohida sahifalardagi ilovalar (rasm, jadval, sxema, 
diagramma va h.k.) umumiy tartibda raqamlanadi. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin